«Qişloq quriliş invest» masʼuliyati çeklangan jamiyati injiniring kompaniyasi Farğona viloyati filiali direktori Isaqov Xojiqözijon Qosimjonoviç Farğona viloyati hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Uşbu tayinlov Farğona viloyati hokimligida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari hamda boşqarma-taşkilotlar rahbarlari, jamoatçilik vakillari iştirokida ötgan yiğilişda eʼlon qilindi.
Xojiqözijon Isaqov Qöştepa tumanida 1985 yilda tuğilgan. 2009 yilda Farğona politexnika institutini, 2013 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Maʼlumot örnida, avvalroq Özbekiston Prezidentining tegişli qaroriga muvofiq Farğona viloyati hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlagan Dilşod Xojiahmedov suv xöjaligi vazirining örinbosari — Suv xöjaligida kapital quriliş loyihalarini amalga oşiriş agentligi boş direktori lavozimiga tayinlangan edi.









