Namangan viloyati hokimiga yangi örinbosar tayinlandi

Namangan viloyati hokimiga yangi örinbosar tayinlandi

Namangan viloyati hokimining örinbosari — viloyat Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşliği lavozimiga Ahror Ahmadaliyeviç Mansurov tayinlandi.

U uşbu lavozimda Uyçi tumaniga hokim bölgan Şuhrat Mirsodiqoviç Musayevning örnida iş boşladi.

Ahror Mansurov 1988 yilda Mingbuloq tumanida tuğilgan. Maʼlumoti oliy, 2013 yili Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi yurist.

Mehnat faoliyatini 2013 yilda Mingbuloq tumani davlat notarial idorasida notarius yordamçisiligidan boşlagan.

U 2014—2019 yillarda Namangan viloyati adliya boşqarmasi, Namangan viloyati hokimligida turli masʼul va rahbarlik vazifalarida iş olib borgan.

Ahror Mansurov 2019 yildan buyon hozirgi vaqtga qadar Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yetakçi inspektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

×