Oxunbabayev Xondamir Hakimoviç Namangan viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiya masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Xondamir Oxunbabayev 1989 yilda Namangan şahrida tuğilgan. Maʼlumoti — oliy. 2013 yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2012 yilda Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlaştiriş markazida boş mutaxassis lavozimida boşlagan. Keyinçalik Investitsiyalar davlat qömitasi Namangan viloyati hududiy boşqarmasida bölim boşliği, «Aisha Home Textile» qöşma korxonasida taşqi iqtisodiy faoliyat bölimi boşliği va işlab çiqariş boşliği, Investitsiyalar, sanoat va savdo boşqarmasida Hududiy sanoatni rivojlantiriş şöʼbasi boşliği, Namangan viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boşqarmasi boşliğining örinbosari — Loyiha ofisi rahbari vazifalarida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar «Namangan erkin iqtisodiy zonasi direktsiyasi» davlat muassasasi direktori lavozimida işlab kelayotgan edi.
Abdusalomov Azizbek Baxtiyor öğli Namangan viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari — viloyat Qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliği etib tayinlandi.
Azizbek Abdusalomov 1992 yil 17 aprelda Mingbuloq tumanida tuğilgan. Maʼlumoti — oliy. 2017-2024 yillarda Namangan muhandislik-texnologiya institutini tamomlagan. Mutaxassisligi — muhandis-texnolog, iqtisodçi.
A. Abdusalomov ilk mehnat faoliyatini Mingbuloq tumanidagi «Azizbek Abdusalomov» fermer xöjaligida boşlagan. Keyinçalik Mingbuloq tuman Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi raisi, Namangan viloyat Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi raisi örinbosari, kengaş raisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi, Namangan viloyati Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi raisi, Namangan viloyati Qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliği kabi masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar Mingbuloq tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari — tuman Iqtisodiyot va moliya bölimi boşliği lavozimida işlab kelayotgan edi.









