Anvarjon Hakimov Namangan viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari etib tayinlandi.
Anvarjon Hakimov 1967 yili Çortoq tumanida tuğilgan. Maʼlumoti oliy, 1991 yili Andijon paxtaçilik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi olim-agronom.
Mehnat faoliyatini 1991 yilda Çortoq tumani «Oyqiron» şirkat xöjaligi boş pudratçi yordamçisi vazifasidan boşlab, boş agronomlikkaça bölgan yölni bosib ötgan.
2002—2018 yillar davomida Çortoq tumani dehqonçilik sanoati firmasi, tuman qişloq va suv xöjaligi bölimi, «Oyqiron» şirkat xöjaligi, «Oyqiron mirişkorlari» MMTP, tuman ösimliklarni himoya qiliş otryadi, viloyat qişloq va suv xöjaligi boşqarmasida turli masʼul lavozimlarda işlagan.
U 2018 yildan buyon Namangan viloyati qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliği sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
***
Saidahmad Sultanov Namangan viloyati hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari etib tayinlandi.
Saidahmad Sultanov 1976 yili Namangan şahrida tuğilgan. Maʼlumoti oliy, 1998 yili Namangan muhandislik-iktisodiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-texnolog.
Mehnat faoliyatini 1998 yilda Namangan tumani davlat kadastri bölimi yetakçi mutaxassisi vazifasidan boşlagan. 2001—2012 yillar davomida viloyat va Namangan şahar kadastr korxonalarida turli lavozimlarda işlagan.
2012—2018 yillarda Namangan şahar hokimining örinbosari bölgan.
Saidahmad Sultanov 2018 yildan buyon Namangan viloyat quriliş boş boşqarmasi boşliği sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.









