Namangan şahar moliya bölimi mudiri bölib işlab kelgan Muzaffar Abduğaniyeviç Abdullayev Namangan şahar hokimining örinbosari - investitsiyalar va taşqi savdo bölimi boşliği lavozimiga tayinlandi.
Mazkur tayinlov şahar hokimining 2019 yil 1 avgustdagi 988-sonli qaroriga muvofiq amalga oşirildi.
Maʼlumot örnida, Muzaffar Abduğaniyeviç Abdullayev 1984 yil 5 sentyabr kuni Namangan viloyati Uyçi tumanida tavallud topgan. Maʼlumoti oliy, 2006 yil Namangan davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – iqtisodçi. Oilali, uç nafar farzandi bor.
Muzaffar Abdullayev mehnat faoliyatini 2007 yili Namangan viloyati moliya boşqarmasida boşliq yordamçisi vazifasida boşlagan. 2007-2017 yillarda viloyat moliya boşqarmasida turli masʼul vazifalarda iş olib borgan. U şuningdek, 2017 yilda Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan taşqari taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantiriş jamğarmasi boş iqtisodçisi sifatida ham işlagan.
Muzaffar Abdullayev 2017 yildan hozirga qadar Namangan şahar moliya bölimi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
“Namangan24.uz” sayti Namangan şahar hokimining örinbosari - investitsiyalar va taşqi savdo bölimi boşliği etib tayinlangan Muzaffar Abduğaniyeviç Abdullayevga yangi masʼuliyatli vazifada mustahkam salomatlik, kuç-ğayrat, şijoat va ulkan zafarlar tilaydi.









