Özbekistonda yangi notarial harakatlar joriy etiladi

Özbekistonda yangi notarial harakatlar joriy etiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Özbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoni loyihasi joylaştirildi.

Hujjatga köra, 2020 yil 1 yanvardan quyidagi notarial harakatlar joriy etilişi mumkin:

fuqarolik-huquqiy munosabatlarda sudgaça bölgan jarayonda dalillarni taʼminlaş (guvohlarni söroq qiliş, yozma va aşyoviy dalillarni közdan keçiriş va guvohlantiriş, ekspertiza tayinlaş, internet tarmoğidagi dalillarni taʼminlaş);

fuqarolik-huquqiy munosabatlarda, şu jumladan mulkiy va meros masalalarida mediator vazifalarini bajarişi;

yaratilgan mualliflik va turdoş huquq obʼektining taqdim etilgan vaqtini tasdiqlaşi. Bunda taqdim etilgan hujjatning tasdiqlangan bir nusxasi notarial idorada, ikkinçi nusxasi muallifda saqlanadi va nizo kelib çiqqan vaqtda mualliflik va turdoş huquq egasini aniqlaşda asos hisoblanadi.

2020 yil 1 yanvaridan şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq:

köçmas mulklar böyiça bitimlarni notarial tasdiqlaşda kommunal xizmatlar uçun qarzdorlikni faqat Özbekiston Respublikasi
Boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi maʼlumotlar bazasi orqali onlayn rejimda tekşiriş tartibi örnatilgan holda kommunal taşkilotlardan bunday qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi töğrisida maʼlumotnoma oliş talabi bekor qilinadi;

bitimlar böyiça taraflarning tölov majburiyatlarini bajarişi ixtiyoriy ravişda notarius depoziti orqali amalga oşiriladi. Bunda, köçmas mulklar böyiça bitimlarni notarial tasdiqlaşda muayyan qarzdorliklar aniqlanganda ularni tegişli mablağni notarius depozitiga ötkaziş orqali tölaş yoki ularning asosligini tekşiriş imkoniyati mavjud böladi;

bitimlarni notarial tasdiqlaşni taraflar turli hududlarda joylaşgan notarial idoralarda turib videokonferentsaloqa rejimida amalga oşirişi mumkin;

oçiq axborot tizimiga joylaştirilgan notarial tasdiqlangan arizalar, ijara şartnomalari va işonçnomalar mulkni begonalaştiriş bilan boğliq bölmagan yuridik harakatlarni amalga oşirişda hujjatning qoğoz şakli bilan teng huquqiy kuçga ega böladi va fuqaro tegişli davlat organi yoki mansabdor şaxsga mazkur hujjatlarni qoğoz şaklini taqdim etiş majburiyatidan ozod etiladi;

respublika hududida notarial tasdiqlangan arizalar, ijara şartnomalari va işonçnomalar asosida notarial harakatlarni amalga oşirişda uşbu arizalar, ijara şartnomalari va işonçnomalar taqdim etilmasdan noyob raqami orqali oçiq axborot tizimida ularni tekşiriş mumkin;

notarial harakatni amalga oşiriş istagini bildirgan şaxsga notarial idoraga notarial harakat rasmiylaştirilişi uçun zarur bölgan hujjat nusxalarini elektron tarmoq orqali oldindan jönatiş yöli bilan elektron navbat oliş va tegişli hujjatlarni tayyorlab qöyiş imkonini beruvçi xizmat joriy qilinadi;

Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yordamida elektron murojaat yöllaş orqali idoraviy notarial arxivda mavjud bölgan hujjatlarning elektron imzo bilan tasdiqlangan nusxasini oliş imkonini beruvçi xizmat taqdim etiladi.

Sudlarda iş hajmini kamaytiriş hamda notariuslarning ijro xatlaridan foydalaniş amaliyotini yanada kengaytiriş maqsadida
2020 yil 1 yanvardan boşlab:

a) davlat bojini tölaşdagi quyidagi imtiyozlar bekor qilinadi:

Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boşqarmalariga berilgan palata aʼzolarining manfaatlarini közlab sud buyruğini beriş töğrisida sudga daʼvolar kiritilganda, agar ular şartnomaviy munosabatlardan kelib çiqadigan bölsa;

xususiy uy-joy mulkdorlarining şirkatlari, kommunal-foydalaniş taşkilotlariga berilgan majburiy badallarni tölaş va kommunal xizmatlar tölovi böyiça qarzlarni undiriş böyiça notarius tomonidan ijro xatlari amalga oşirilganda.

b) garov (ipoteka) şartnomalari böyiça majburiyatlar bajarilmaganda yuzaga kelgan qarzdorlik notariuslarning ijro xatlariga asosan sözsiz undiriladi.

Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan birgalikda:

a) 2020 yil 1 yanvargaça, eksperiment tariqasida, sohaga zamonaviy innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlarda kamida 2 tadan va Toşkent şahrida kamida 5 ta notarial idoralarida notarial idoraga kelmasdan turib:

mol-mulkni tasarruf etiş bilan boğliq bölmagan bitimlarni (ijaraga, tekin foydalanişga beriş şartnomalarni, boşqa şaxsga ötkaziş bilan boğliq bölmagan işonçnomalarni), ijro xatlarini, hujjatlarning bir tildan boşqa tilga töğri tarjima qilinganligini şahodatlaş elektron raqamli imzodan foydalangan holda rasmiylaştirişni;

arizalarni (propiska qöyişga rozilik, voyaga yetmagan farzandni çet elga çiqişga rozilik arizalarini va majburiyatnomalarni) elektron raqamli imzodan foydalangan holda hamda video konferentsiya orqali rasmiylaştirişni joriy etsin;

Bunda, masofadan xizmat körsatiş orqali rasmiylaştirilgan hujjatning asl nusxasini buyurtmaçiga kurer orqali yetkazib beriş imkoniyati taʼminlanişi yölga qöyiladi.

b) eksperiment natijalari asosida 2021 yil 1 yanvarga qadar uşbu amaliyotni barça notarial idoralariga tatbiq etiş yuzasidan asoslantirilgan takliflarni kiritadi.

×