Özbekistonda aerotaksi xizmati joriy etiladi

Özbekistonda aerotaksi xizmati joriy etiladi

Birlaşgan Arab Amirliklarining JETEX kompaniyasi “Toşkent-Şarqiy” aeroportida FBO şaklida davlat xususiy şerikçiligi asosida VIP va CIP mijozlarga xizmat körsatişni taşkil etiş böyiça investitsion loyihani amalga oşiradi. Uşbu loyiha doirasida kiçik aviatsiya sohasida taʼmirlaş, sotiş va saqlaş xizmatlari yölga qöyiladi. Aerotaksi xizmati va VIP taksi joriy etiladi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyevning BAAga rasmiy taşrifi doirasida keça, 13 yanvar kuni Özbekiston Transport vaziri Ilhom Maxkamov hamda JETEX kompaniyasi taʼsisçisi Adel Mardini ötkazgan uçraşuvda imzolangan memorandumda söz boradi.  

"Bu turizm sohasining rivojlanişiga ijobiy taʼsir körsatadi hamda VIP mijozlar uçun qulaylik yaratadi. Yölovçilarga yuqori darajadagi xizmat körsatişni taʼminlaydigan mazkur loyihaning muvaffaqiyatli amalga oşirilişi poytaxtimiz nufuzi va jozibadorligini yanada oşirişga xizmat qiladi. Qolaversa, mamlakatimizda biznes aviatsiya sohasida 200 dan köproq yuqori malakali iş örinlari yaratilişiga erişiladi. Bir söz bilan aytganda, JETEX kompaniyasining ilğor tajribasiga tayangan holda mamlakatimizda biznes aviatsiyasini işonçli va barqaror rivojlanişini taʼminlaşga erişildi", deyiladi xabarda.

Maʼlumot uçun, Jetex kompaniyasi 2005 yilda taşkil etilgan bölib, 5 qitʼada 30 ta biznes birlaşmasiga ega global tarmoqni taşkil etgan. Butun dunyo böylab 50 dan ortiq nuqtalarda, jumladan Yaqin Şarq, Yevropa, Osiyo-Tinç okeani mintaqasi, Afrika va Amerikada kun-u tun mijozlarga xizmat körsatiş bilan şuğullanadi. FBO (Fixed Base Operator) esa aeroportlarda havo kemalari va yölovçilarga kompleks servis xizmatlari körsatuvçi, xususan, havo kemalariga yoqilği quyiş, töxtaş joyi, angarda saqlaş, texnik va taʼmirlaş xizmatlarini körsatiş, havo kemalarini ijaraga beriş, çarterlarni sotiş, taksi va yana boşqa köplab xizmat turlarini körsatuvçi taşkilotdir.


Teglar:
×