SpaceX asosçisi, milliarder Ilon Mask Oyda “öz-özidan ösuvçi şahar” quriş taşabbusini eʼlon qildi. Bu haqda u bugun, 9 fevral kuni özining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida maʼlum qildi.
Maskning aytişiça, SpaceX hozirça Marsdan köra Oyga köproq eʼtibor qaratmoqda. Unga köra, Oy tsivilizatsiya kelajagini taʼminlaşda tezroq va qulayroq imkoniyatlar yaratadi.“SpaceX allaqaçon Oyda öz-özidan ösuvçi şahar qurişga eʼtibor qaratdi, çunki biz bunga 10 yildan kamroq vaqt içida erişişimiz mumkin, Mars esa 20 yildan köproq vaqt talab qiladi”, deydi Mask.
Rejaga köra, 2027 yil mart oyida Oyga ekipajsiz qöniş amalga oşiriladi. Uşbu missiya orqali “öz-özidan ösuvçi şahar” loyihasiga start beriladi. Mask Oyga uçiş imkoniyati har 10 kunda mavjudligini, Marsga esa faqat har 26 oyda uçiş mumkinligini bildirgan. Şu sababli, Oy loyihasi Marsga nisbatan tezroq va samaraliroq bölişi kutilmoqda.
Şu bilan birga, global kosmik raqobat ham kuçaymoqda. Ötgan yili Xitoy olimlari Oy tadqiqotlari doirasida quyoş nuri yordamida işlaydigan 3D-printer yaratganini eʼlon qilgan edi. Mazkur printer Oy tuproğini mustahkam quriliş ğiştlariga aylantira oladi. Bu texnologiya Xitoyning Oy bazasi quriş rejasini yanada yaqinlaştirdi.
Bundan taşqari, ötgan hafta SpaceX xAI kompaniyasini sotib olib, yangi qöşma korxona tuzdi. Uşbu hamkorlik sunʼiy intellekt asosidagi innovatsiyalarni tezlaştirişga qaratilgan. Natijada orbitada sunʼiy intellekt markazlari taşkil etilişi rejalaştirilmoqda. Bu esa operatsion xarajatlarni kamaytiriş, energiya va sovutiş bilan boğliq muammolarni hal qilişga xizmat qiladi.









