Ösmirlar uçun «Sputnik M» vaktsinasi sinovi iştirokçilari 15 ming rubl miqdorida pul kompensatsiyasi oladilar. Bu haqda Interfaks maʼlum qilmoqda.
«500 nafar iştirokçiga birinçi, 28, 42, 90 va 180 kunlarda qöşimça ravişda immunogenlik qon testini topşiriş taklif etiladi. Immunogenlik uçun qon topşirgan emlangan köngillilarga 15 ming rubl miqdorida pul kompensatsiyasi, şuningdek, platsebo olgan barça iştirokçilarga 15 ming rubl miqdorida pul tölanadi», — deya taʼkidlagan agentlik manbasi.
Tadqiqotning uçinçi bosqiçi doirasida 3000 nafar köngillidan 2400 nafari emlanadi, yana 600 nafari esa platsebo oladi. Vaktsina yoki platsebo yuborilişi tasodifiy taşkillaştiriladi. Birinçi va ikkinçi komponentdan söng, ularning özlarini qay holatda his etayotganligini aniqlaş uçun barça iştirokçilar bilan aloqa örnatiladi.
«Birinçi komponent tanaga yuborilganidan söng 28-kuni barça köngillilar elektrokardiogramma, koagulogramma, qonning klinik va biokimyoviy tahlili va umumiy siydik tahlilidan ötadilar. Şu kuni har bir köngilliga unga vaktsina yoki platsebo yuborilganligi haqida xabar beriladi. Platsebo olganlar örganiş rejasiga muvofiq kuzatişni davom ettiriş uçun «Sputnik M» bilan emlanadi», – deya taʼkidlaydi bölim.
24 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Soğliqni saqlaş vazirligi 12 yoşdan 17 yoşgaça bölgan ösmirlar uçun «Sputnik M» vaktsinasini röyxatdan ötkazgandi.
Gam-Kovid-Vak M (Sputnik M) vaktsinasi asl Sputnik V bilan bir xil platformaga asoslangan va 21 kunlik interval bilan ikkita komponent bilan bir xil tarzda qöllaniladi.
Şu bilan birga, 12 yoşdan 15 yoşgaça bölgan ösmirlar faqat ota-onalari yoki boşqa qonuniy vakillarining roziligi bilan, 15 yoşdan boşlab esa faqat ösmirning yozma ravişda xabardor qilingan ixtiyoriy roziligi bilan koronavirusga qarşi emlanadi.









