«Sputnik V» vaktsinasi faqat amaldorlar uçunmi?

«Sputnik V» vaktsinasi faqat amaldorlar uçunmi?

«Sputnik V» vaktsinasi amaldorlar uçun olib kelinganmi? Uşbu savolga Sanitariya-epidemiolik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati boşliği örinbosari Botir Qurbonov javob qaytardi.

«Sputnik V» vaktsinasi, birinçi navbatda, 65 yoşdan kattalar va tibbiyot muassasalarida kasallik bilan yuzma-yuz kelayotgan xodimlarni emlaş uçun olib kelingan.

Toşkent şahrida mavjud emlaş markazlariga murojaat qilayotgan ayrim şaxslar yoşi 65 yoşga yetmagani bois emlanmayotgani haqida eʼtirozlar bor. Hozirgi emlaş jarayonlarida uşbu yoşga yetmagan bölgan şaxslarni uşbu vaktsina bilan emlay olmaymiz. Keyingi bosqiçda emlaş kontingenti özgaradi.

Hatto bu böyiça bizga ham murojaat qilişdi. Eʼtibor bersak, ularning köpçiligining yoşi 65 dan past. 

Bugungi kunda Toşkentda 23 ming kişi «Sputnik V» bilan emlandi. Bugun va ertadan boşlab Respublikamizning barça hududlariga uşbu vaktsina yuboriladi».

×