Namanganda tovuqlarga zarar yetkazgan itni çinorga osib qöygan ösmirlarga sud hukmi öqildi

Namanganda tovuqlarga zarar yetkazgan itni çinorga osib qöygan ösmirlarga sud hukmi öqildi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Çortoq tumanida bir guruh maktab öquvçilari tovuqlarga zarar yetkazgan itni çinorga osib qöygani aks etgan video tarqalgandi. Kuçukni qiynoqqa solganlarga sud hukmi öqildi.

Maʼlum qilinişiça, joriy yil 29 iyun kuni jinoyat işlari böyiça Çortoq tuman sudi tomonidan 2003 yilda tuğilgan S.O. hamda N.A.larga nisbatan Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 1891-moddasi 1-qismiga asosan iş hujjatlari körilib, ularga nisbatan 2 million 450 ming sömdan jarima jazosi tayinlangan.

Voyaga yetmaganlar — 2008 yilda tuğilgan M.N.ning otasi O.N va 2009 yilda tuğilgan O.R.ning otasi N.R.larga nisbatan Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismiga asosan hujjatlar töplanib, Voyaga yetmaganlar işlari böyiça tuman idoralararo komissiyasi tomonidan ularga nisbatan bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravari miqdorida, yaʼni 245 ming söm jarima jazosi belgilandi.

Eslatib ötamiz, joriy yil 24 may kuni Çortoq tumani “Sohibkor” MFY Navbahor köçasida yaşovçi, Çortoq tumani XTBga qaraşli umumtaʼlim maktabining 6-sinf öquvçisi H.H. şu mahallada yaşovçi 5-sinf öquvçisi Z.Ş. bilan birgalikda uydagi tovuqlariga zarar yetkazgan itni dalaga olib borib taşlab kelmoqçi bölgan. Voyaga yetmaganlar şu maqsadda itni özi bilan birga olib ketib, özlari sodir etayotgan harakatlarni huquqiy oqibatini tuşunib yetmasdan itni çinor daraxtiga osgan.  

Uşbu holatni Çortoq tumani “Hayrli” MFYda yaşovçi, 2003 yilda tuğilgan I.B. videoga olib, Telegram ijtimoiy tarmoğidagi “Sinfdoşlar” guruhiga yuborgan. Joriy yilning 27 may kuni uşbu videoni tumandagi maktabning 11-sinf öquvçisi A.T. TikTok ijtimoiy tarmoğiga joylaştirgan. 

×