Bayram bayramdek ötsin! Jizzaxda qişloq xöjaligi xodimlari kunini nişonlaşga qariyb 2 mlrd ajratildi

Bayram bayramdek ötsin! Jizzaxda qişloq xöjaligi xodimlari kunini nişonlaşga qariyb 2 mlrd ajratildi

Jizzax viloyatida 12 dekabr kuni ötkaziladigan “Qişloq xöjaligi xodimlari kuni” bayramini nişonlaş uçun mahalliy byudjetdan 1 mlrd 894 mln 814 ming söm ajratildi. Bu haqda viloyat hokimining tegişli qarorida belgilangan.

“Viloyat moliya boşqarmasi (A.Raxmatullayev) viloyat mahalliy byudjeti daromadlar rejasining oşirib bajarilgan qismi mablağlari hisobidan “Qişloq xöjaligi xodimlari kuni” bayramini yuqori saviyada nişonlaş uçun 1 894 814.0 (bir milliard sakkiz yuz töqson tört million sakkiz yuz ön tört) ming söm mablağni viloyat hokimligiga ajratsin”, deyiladi hokimbuva qarorida.

Qayd etilişiça, uşbu mablağlar “Qişloq xöjaligi xodimlari kuni” bayramini kötarinki ruhda nişonlaş, xususan, mazkur sana munosabati bilan ötkaziladigan tadbirlarning yuqori saviyada taşkil etilişini taʼminlaş, qişloq xöjaligida olib borilayotgan islohotlarni keng tarğib qiliş, soha xodimlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ular uçun munosib şart-şaroitlar yaratiş maqsadida ajratilgan.

Hokim qarorida pullar aynan nimalarga sarflanişi haqida heç qanday maʼlumot keltirilmagan.

×