Prezident Özbekiston qişloq xöjaligi xodimlariga tabrik yölladi

Prezident Özbekiston qişloq xöjaligi xodimlariga tabrik yölladi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugungi qutluğ ayyom – Qişloq xöjaligi xodimlari kuni munosabati bilan dehqon va fermerlar, agrar soha xodimlarini, butun xalqimizni muborakbod etdi.

«Saxovatli zaminimizda gözal hosil bayrami nişonlanayotgan şu fayzli damlarda yangi Özbekiston ravnaqi va aholi farovonligi yölida fidokorona mehnat qilayotgan, qadoq qöli va fidoyi qalbi bilan elimizning rizq-nasibasini yaratayotgan, öz işining ustasi bölgan mohir dehqon va fermerlar, boğbonlar, çorvador va pillakorlar, suvçilar va irrigatorlar, agronom va mexanizatorlar, agroklasterlarning rahbarlari va işçi-xodimlari, dehqon xöjaligi rahbarlari, sohaning jonkuyar olimlari hamda mutaxassislariga samimiy minnatdorçilik bildiraman.

Aziz döstlar!

Keyingi yillarda qişloq xöjaligi sohasida uzoqni közlagan holda amalga oşirayotgan tub islohotlarimiz tizimda salmoqli natijalarga erişişda muhim omil bölmoqda.

Biz bu yönalişdagi işlarimizni izçil davom ettirib, mamlakatimizda qulay agrobiznes muhitini yaratiş, bu borada investitsiyaviy jozibadorlikni oşiriş, sohani sanoatlaştiriş masalasiga ustuvor ahamiyat qaratmoqdamiz.

Öz navbatida, omilkor dehqon va fermerlarimiz eng sönggi ilm-fan yutuqlarini puxta örgangan holda, köp yillik boy bilim va tajribalari bilan soha taraqqiyoti uçun azmu şijoat körsatayotganini alohida taʼkidlaş lozim.

Hammamizga ayonki, dehqonçilik yer yuzidagi eng şarafli, ayni vaqtda maşaqqatli kasblardan biridir. Yurtimiz qişloq xöjalik sohasi bu yil ham turli qiyinçiliklarga duç kelganiga barçamiz guvohmiz.

Avvalo, dunyo miqyosida davom etayotgan pandemiya taʼsiri, qolaversa, bahorda yoğingarçilikning kam bölgani, yoz çillasining öta issiq kelişi, suv resurslarining har yilgidan sezilarli darajada tanqisligi dehqonlarimizning iroda va matonatini yana bir bor sinovdan ötkazdi.

Lekin mavjud muammolarga qaramasdan, barça tarmoqlarda möl hosil yetiştirib, avvalgi yillarga nisbatan yuqori marralarga erişganingiz uçun siz, azizlarga har qança tahsin aytsak, arziydi.

Bu yil respublikamiz böyiça 20 million tonnadan ortiq meva-sabzavot, 7,4 million tonnaga yaqin don, 3,4 million tonnadan ziyod paxta xom aşyosi, 23 ming tonna pilla, 2,6 million tonna göşt, 11 million tonnadan ortiq sut mahsulotlari, 8,3 milliard dona tuxum, 400 ming tonna baliq yetiştirilgani yil böyi tunu kun qilingan maşaqqatli mehnatning munosib samarasidir.

Bu haqda gapirganda, ğallaning har gektaridan 95-100 tsentnerdan hosil olgan Marhamat tumanidagi «Sotvoldiyev Hoşimjon», Buvayda tumanidagi «Islomjon Şukurullo», Ohangaron tumanidagi «Najmiddin Faxriddin fayz», Döstlik tumanidagi «Farhod», Romitan tumanidagi «Köhna Buxoro», Qarşi tumanidagi «Möl hosil sifat», Rişton tumanidagi «Mohinur fayzli gavhari», Qumqörğon tumanidagi «Padang», Ellikqalʼa tumanidagi «Saxtiyon Azamati», Töraqörğon tumanidagi «Şohida burguti» kabi fermer xöjaliklarining nomlarini mamnuniyat bilan eʼtirof etamiz.

Agrar sohaning yana bir muhim tarmoği – paxtaçilikda olib borilayotgan islohotlar natijasida joriy mavsumda ötgan yilga nisbatan 422 ming tonna köp paxta xom aşyosi yetiştirildi. Hosildorlik esa örtaça 6,3 tsentnerga oşgani ayniqsa eʼtiborlidir.

Bunday ulkan xirmonni yaratişga salmoqli hissa qöşgan Qumqörğon tumanidagi «Termiz Jayhun», Döstlik tumanidagi «Sangzor-tekstil», Zafarobod tumanidagi «Jizzax kenteks», Boyovut tumanidagi «Boyovut tekstil klaster», Qoraköl tumanidagi «Qoraköl kumuş kalava», Ğijduvon tumanidagi «Buxoro agro klaster», Töraqörğon tumanidagi «Namangan töqimaçi klaster», Paxtaçi tumanidagi «Paxtaçi klaster», Oqqörğon tumanidagi «Oqqörğon agro klaster», Yangiariq tumanidagi «Yangiariq teks», Boğot tumanidagi «Koboteks» kabi paxta-töqimaçilik klasterlari, şuningdek, Jarqörğon tumanidagi «Xuşboq bobo», Şarof Raşidov tumanidagi «Norqozoq ota», Yuqori Çirçiq tumanidagi «Tangirberdi ota»,  Qörğontepa tumanidagi «Savay körki», Peşku tumanidagi «Varaxşo nurli zamini», Beruniy tumanidagi «Rahmatulla Çaman» fermer xöjaliklari hammaga namuna bölganini minnatdorlik bilan taʼkidlaymiz.

Qadrli yurtdoşlar!

Bugungi kuçli raqobat şaroitida qişloq xöjaligi tizimida ham yangiça yondaşuv, innovatsiyalar va ilğor işlanmalarni, intensiv va resurs tejaydigan texnologiyalarni izçil tatbiq etişni zamonning özi taqozo qilmoqda.

Keyingi paytda butun dunyoda bölgani kabi mintaqamizda ham yuz berayotgan iqlim özgarişlari, suv resurslarining tobora taqçil bölib borayotgani, ekologik muammolar sohada ilm-fan va işlab çiqariş uyğunligini taʼminlaş naqadar dolzarb ekanini körsatmoqda.

Ana şu omillarni hisobga olgan holda, Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligini rivojlantirişning 2020-2030 yillarga möljallangan strategiyasi sohada islohotlarni yanada çuqurlaştiriş va innovatsion texnologiyalarni qöllaş, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, aholiga sifatli mahsulotlar yetkazib beriş, eksport geografiyasini kengaytirişdek ustuvor masalalarda dasturilamal bölib xizmat qilmoqda.

Qişloq xöjaligida bozor mexanizmlariga asoslangan, boşqaruvning mutlaqo zamonaviy şakli bölgan klaster tizimi joriy etilayotgani amalda özini töla oqlamoqda. Uşbu innovatsion tizim agrar sohani rivojlantirişning muhim vositasiga, qişloq aholisining kafolatli daromad manbaiga aylanib bormoqda.

Hozirgi vaqtda yurtimizda barça yönalişlarda 651 ta agroklaster faoliyat yuritib, paxta va ğallaning 100 foizi, meva-sabzavotning 40 foizidan ortiği aynan ana şunday korxonalar uluşiga töğri kelmoqda.

Agroklasterlar qişloq xöjaligini modernizatsiya qiliş, sohani sanoatlaştiriş, mahsulotlarni çuqur qayta işlaş, pirovardida çetga xom aşyo emas, qöşimça qiymatga ega tayyor mahsulot eksport qiliş, bandlikni taʼminlaş, kambağallikni qisqartiriş kabi asosiy vazifalarni samarali amalga oşirmoqda.

Natijada birgina paxtaçilikda tolani qayta işlaş körsatkiçi 2,5 baravarga oşdi. Hosilning 100 foizi mamlakatimizda qayta işlanişi tufayli ip-kalava işlab çiqariş 2 baravarga, tayyor mahsulot hajmi 3 baravarga ortdi. Bu boradagi yillik eksport miqdori qariyb 3 milliard dollarni taşkil qildi.

Yer qadrini biladigan, uning har qariçidan unumli foydalanadigan, doimo izlanib, noyob tajriba maktabi yaratgan klaster rahbarlari, fermer va dehqonlarimiz, şuningdek, meva-sabzavot, şoli, dorivor giyohlar yetiştiriş, çorvaçilik va boşqa sohalarda ham yuqori natijalarni qölga kiritib kelayotgani ğoyatda ahamiyatlidir.

Hurmatli soha vakillari!

Sizlarga maʼlumki, sönggi yillarda qişloq xöjaligi yerlarining unumdorligini oşiriş, oborotdan çiqqan ekin maydonlarini qayta foydalanişga kiritiş, lalmi yerlarni özlaştiriş işlariga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. 2020-2021 yillarda 369 ming gektar yer qayta foydalanişga kiritildi. Suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etişni qöllab-quvvatlaş maqsadida davlat tomonidan subsidiya ajratiş tizimi yölga qöyildi.

Şuningdek, yangi issiqxonalar taşkil etiş, oziq-ovqat mahsulotlari tannarxining barqarorligini taʼminlaş borasidagi işlar ham özining ijobiy natijalarini bermoqda. Xususan, birgina 2021 yilning özida 797 gektar maydonda qiymati 2,3 trillion sömlik 398 ta zamonaviy issiqxona işga tuşirilib, 11 mingdan ortiq kişining bandligi taʼminlandi.

Bularning barçasi içki bozor ehtiyojini qondiriş bilan bir qatorda, eksport imkoniyatlarini kengaytirib, qişloq joylarida körkam va qulay bölgan savdo, logistika markazlari va qayta işlaş korxonalarini rivojlantirmoqda Xorijiy mamlakatlar bozorlariga yangi istiqbolli yönalişlar oçilib, qariyb 1,5 million tonna meva-sabzavot mahsulotlari 65 ta davlatga eksport qilindi.

Bu örinda, eksport körsatkiçlarida ötgan yilga nisbatan dukkakli mahsulotlar 122 foizga, uzum mahsulotlari 142 foizga, sabzavotlar 103 foizga hamda yonğoq mahsulotlari 1,8 barobarga ösganini alohida qayd etiş lozim.

Ayni paytda, yangi loyihalar ustida işlaş, bozor mexanizmlari tamoyillarini keng joriy etgan holda mahsulot işlab çiqariş hajmlarini oşiriş, xizmat körsatiş turlarini köpaytiriş va sifatini yanada yaxşilaş, malakali mutaxassislarni tayyorlaş masalalari diqqatimiz markazida bölişi lozim. Ana şu talab va mezonlardan kelib çiqqan holda, sohada keng kölamli islohotlarni joriy etiş rejalaştirilmoqda.

Jumladan, mahsulot yetiştiriş tannarxini 30-35 foizga qisqartiriş, yer unumdorligini oşiriş, dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravarga köpaytiriş, eksportbop mahsulotlar yetiştirişni qöllab-quvvatlaş hamda meva-sabzavotçilikni rivojlantiriş, agrosanoat korxonalarini xom aşyo bilan taʼminlaş va işlab çiqariş hajmini keskin östiriş, çorvaçilik tarmoqlari faoliyatini takomillaştiriş, suv xöjaligi obʼektlarini davlat-xususiy şeriklik tamoyillari asosida boşqariş tizimiga ötiş kelgusida özining ijobiy samarasini körsatadi, albatta.

Oldimizda turgan bunday masʼuliyatli vazifalarni bajarişda barçangiz yelkama-yelka turib, bir tanu bir jon bölib, bor malaka va tajribangizni, kuç-ğayrat va salohiyatingizni safarbar etişingizga işonaman.

Muhtaram döstlarim, qadrdonlarim!

Mir Alişer Navoiy hazratlarining bobodehqonlarni uluğlab, ular yerga uruğ soçib, el-yurt uçun rizq yölini oçadilar, deb aytgan sözlarida teran hayotiy maʼno borligini hammamiz yaxşi bilamiz.

Sizlarni uşbu fayzli va şukuhli ayyom bilan yana bir bor tabriklab, barçangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinçlik va farovonlik tilayman.

Kirib kelayotgan yangi – 2022 yilda hosilimiz yanada möl bölsin!

Xalqimiz, elimiz dasturxonidan tökin-soçinlik heç qaçon arimasin!

Umringizdan, mehnatingizdan baraka toping, tanti va bağrikeng, yaratuvçan va ona zaminni sevib ardoqlaydigan azizlarim!», deyiladi tabrikda.

×