Yaponiya qişloq, örmon va baliq xöjaligi vaziri Taku Eto guruç haqidagi bahsli gapi ortidan lavozimidan ketiş uçun ariza berdi. Boş vazir Sigeru Isiba buni qabul qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Taku Eto mamlakatda guruç narxi oşgan bir paytda “heç qaçon guruç sotib olmagani, unga doim sovğa qilişlari”ni aytgandi. Bu bayonot jamoatçilikda keskin tanqidga sabab böldi.
Men boş vazir nomiga ariza yozdim. Hozir xalq guruç narxining qimmatligidan aziyat çekayotgan bir paytda masalaga masʼul vazirning bunday gapirişi noörindir. Çin qalbimdan xalqdan uzr sörayman, degan Taku Eto.
Isiba uning isteʼfoga çiqiş qarorini tuşunişini bildirgan. Yaponiya aholisi ratsionining asosiy mahsuloti guruç hisoblanadi. Biroq sönggi oylarda esa uşbu mahsulot narxi keskin oşib, yil davomida deyarli ikki baravarga qimmatlaşdi.
Narxlarning kötarilişiga qarşi kuraşiş maqsadida hukumat ilk bor tinçlik davrida, tabiiy ofatlarsiz şaroitda, davlat zaxiralaridan guruç sotişni boşladi. Avvaliga bu çora vaqtinçalik deb belgilangan edi. Biroq narxlar ösişda davom etgani sababli hukumat uşbu dasturni iyul oyigaça uzaytirdi.
Tanqislik 2024 yilning avgust oyida hukumatning yirik zilzilaga tayyorgarlik köriş töğrisidagi ogohlantirişidan keyin vahimali xaridlar tufayli boşlangandi. Garçi kuzgi hosildan keyin taklif bosimi kamaygan bölsa-da, 2025 yil boşlarida taqçillik va narxlar ösişi yana davom etdi.
Rasmiylar yetkazib berişdagi uzilişlarni 2023 yildagi anomal ob-havo natijasida hosil past bölgani, öğitlar va boşqa işlab çiqariş xarajatlari oşgani bilan izohladi. Biroq ayrim ekspertlar bunga hukumatning guruç yetiştiriş borasidagi uzoq muddatli siyosatini sabab qilib körsatmoqda.









