Davlatimiz qaşşoqlaşib qolmaydi. Yangi portal uçun qariyb yarim milliard söm ajratildi

Davlatimiz qaşşoqlaşib qolmaydi. Yangi portal uçun qariyb yarim milliard söm ajratildi

Madaniyat vazirligi dastlab 10 ta madaniyat va sanʼat sohasi vakillari haqida maʼlumot joylanişi rejalaştirilayotgan yangi portal uçun qariyb yarim milliard söm ajratyapti. Bu haqda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning joriy yil 15 sentyabrdagi buyruğida keltirilgan. 

Unga köra, davlat mukofoti bilan taqdirlangan sanʼat va madaniyat vakillari haqida maʼlumotlar Inson resurslarini rivojlantiriş va boşqariş bölimi, Kontsert-tomoşa faoliyatini rivojlantiriş bölimi, Sanʼatni rivojlantiriş boşqarmasi, Taʼlim va ilm-fanni rivojlantiriş bölimi, "Özbekkontsert", "Özbekiston davlat filarmoniyasi", "Özbekteatr", "Madaniyat taʼlimi markazi" davlat muassasalari tomonidan taqdim etiladi va uşbu portalga joylab boriladi. Joriy yilning yakuniga qadar, portal işlab çiqilişi va işçi guruh taşkil etilişi belgilangan. 

Unga köra, uşbu portalni işlab çiqiş va amaliyotga joriy etiş uçun xarajatlar smetasi umumiy hisobda qöşimça qiymat soliğisiz 488 million sömni taşkil etadi. 

Hujjatda portalni işlab çiqiş uçun mablağlar Madaniyat vazirligiga 2023 yil uçun ajratilgan byudjet mablağlari hisobidan qoplanişi qayd etilgan. Uşbu summalarning maqsadli sarflanişini nazorat qiliş esa Içki audit va moliyaviy nazorat bölimiga topşirilgan. 

Eslatib ötamiz, 2022 yilning noyabr oyida Madaniyat vazirligi xarid qilgan ikkita avtotransport vositasining qiymati 15,5 milliard söm, deb baholangandi. Holat köpçilikning muhokamasiga sabab bölişi ortidan vazirlik rasmiy munosabat bildirgan va xaridning qöşimça tafsilotlarini oşkor qilgandi.


×