Viloyat prokurori Töraqörğonda kriminogen vaziyat hamda qişloq xöjaligi sohasidagi dolzarb vazifalar bilan tanişdi

Viloyat prokurori Töraqörğonda kriminogen vaziyat hamda qişloq xöjaligi sohasidagi dolzarb vazifalar bilan tanişdi

Namangan viloyat prokurori Xatamov Jaxongir Jörayeviç Töraqörğon tumanida kriminogen vaziyatni yaxşilaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar va qişloq xöjaligi sohasidagi dolzarb vazifalar ijrosi bilan tanişdi.

Xususan, tumandagi “Toşkent” mahallasi salbiy kriminogen vaziyat böyiça “qizil” hudud toifasiga kiritilgan.

Uşbu hududda ötgan yilda 25 ta jinoyat sodir etilib, boşqa hududlarga nisbatan salmoği yuqori bölgan.

Jinoyatlar asosan öğrilik, firibgarlik, tan jaroxati yetkaziş, bezorilik jinoyatlarini taşkil etgan.

Sodir etilgan uşbu jinoyatning sabablari va şart-şaroitlari mahalla raisi, profilaktika inspektori va boşqa masʼullar bilan birga muhokama etildi, kelgusida profilaktik işlarni amalga oşiriş böyiça tegişli körsatmalar berildi.

Şuningdek, Davlatimiz rahbarining viloyatga joriy yilning 18-19 fevral kungi taşrifi davomida tumanda yangi yerlarni özlaştiriş va oborotdan çiqqan maydonlarni oborotga qaytariş hisobiga 2.032 gektar yerlarni özlaştiriş topşiriği berilgan.

Şunga köra, “Şoxidon Nurli Diyor” massividagi “Namuna sohovati diyori” fermer xöjaligi tomonidan 50 gektar, “Kalvak agro xizmat” MÇJ tomonidan 400 gektar, “Nam asir çorva” MÇJ tomonidan 300 gektar, “Qorovultepa” massividagi “Namangan töqimaçi agroklasteri” MÇJ tomonidan 430 gektar maydonlarda amalga oşirilayotgan yer tekislaş, suğoriş tizimini tortiş va yangi köçatlar ekiş işlari bilan tanişdi.

Örganiş davomida taşabbuskor tadbirkorlarning suğoriş tizimini örnatiş uçun sarflangan mablağning bir qismini qoplab beriş, yaʼni subsidiya ajratiş masalalari böyiça huquqiy tuşuntirişlar berildi.

×