Din işlari böyiça qömitada Yulduz Usmonova bilan uçraşuv bölib ötdi

Din işlari böyiça qömitada Yulduz Usmonova bilan uçraşuv bölib ötdi

Yulduz Usmonovaning instagram ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida xonandaning Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita raisi bilan uçraşuvi surati joylangan. Uçraşuvda, şuningdek, Muftiy hazratlarining birinçi örinbosari Homidjon Işmatbekov hamda Toşkent şahar boş imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarovlar ham iştirok etişgan. 

Din işlari böyiça qömita Matbuot xizmatining xabar berişiça, bugun, 30 dekabr kuni Din işlari böyiça qömita rahbariyati va Özbekiston musulmonlari idorasi mutasaddilari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bölayotgan Özbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova bilan boğliq jarayonga oydinlik kiritiş maqsadida özaro suhbat ötkazişdi, deya xabar bermoqda "azon.uz".

Muloqot davomida bölib ötgan holat yuzasidan tomonlarning fikr-mulohazalari tinglandi. Özaro tuşuniş asosida bölib ötgan muloqotda boşqa bu mavzuga qaytmaslik, har xil munosabatlar bildirmaslikka kelişib olindi. Yurtdoşlarimizni ham mazkur holat böyiça turli tuşunmovçiliklarni keltirib çiqaradigan şarhlarga eʼtibor bermaslikka çaqiramiz, deyiladi Din işlari böyiça qömita xabarida.

×