Qaşqadaryoda YPX xodimining qonuniy talablariga böysunmasdan unga qarşilik körsatib, avtomobilida voqea joyidan ketib qolgan haydovçi 8 sutkaga qamaldi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.
Maʼlum qilinişiça, 25 yanvar kuni belgilangan taqsimot asosida Şahrisabz tumani Çorşanbe qörğonida xizmat olib borgan YPX xodimlari B.Xöjaqulov va X.Yöldoşev tomonidan soat 12:10 larda uşbu hududda joylaşgan tibbiyot birlaşmasi binosi röparasida davlat raqam belgisi bölmagan Cobalt rusumli avtomobil töxtatilgan.
YPX xodimi meʼyoriy hujjatlarini söragan vaqtida haydovçi hujjatlari yöqligini maʼlum qilgan. Xodimlar belgilangan tartibda çora körişi zarurligini aytganida haydovçi ularga qarşilik körsatgan va özaro tortişuv sabab atrofda fuqarolar töplanişiga sabab bölgan.
«Haydovçi qarşilik körsatişda davom etib, avtomobilda voqea joyidan ketib qolgan», — deyiladi xabarda. YPX xodimi belgilangan tartibga köra, YHXB boşliği nomiga bildirgi orqali murojaat qilgan. Bildirgi asosida suriştiruv işlari olib borilib, haydovçi aniqlangan va unga nisbatan töplangan hujjatlar körib çiqişli uçun Jinoyat işlari böyiça Şahrisabz tuman sudiga yuborilgan.
Sud tomonidan haydovçi O.X. Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 194-moddasi (içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi va 195-moddasida (içki işlar organlari xodimlarining öz xizmat burçlarini bajarişlariga qarşilik körsatiş) körsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deya topilib, unga 8 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.









