Qaşqadaryoda YPX xodimlari bilan janjallaşgan haydovçi qamaldi

Qaşqadaryoda YPX xodimlari bilan janjallaşgan haydovçi qamaldi

Qaşqadaryoning Yakkaboğ tumanida YPX xodimlarining qonuniy talabiga böysunmay, janjal çiqargan haydovçiga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi.

Qayd etilişiça, Yakkaboğ tumanida YPX xodimlari va qonuniy talabga böysunmagan Nexia-3 rusumli avtomobil haydovçisi örtasida ziddiyatli vaziyat yuzaga kelganligi hamda atrofda bölgan ayrim şaxslar xodimlarning xizmat vazifasini bajarişga halaqit berganligi holati böyiça töplangan hujjatlar keça, 16 fevral kuni Jinoyat işlari böyiça Yakkaboğ tuman sudi tomonidan örganib çiqilgan.

Nexia-3 rusumli avtomobil haydovçisi, 1990 yilda tuğilgan N.X.ning xatti-harakatlarida Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 194-moddasi 1-qismi hamda 195-moddasida körsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud deb topilib, unga nisbatan 14 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Şuningdek, 1985 yilda tuğilgan F.U. hamda 1987 yilda tuğilgan A.B.ning xatti-harakatlarida Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 194-moddasi 1-qismida körsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud deb topilib, ularning har biriga BHMning 3 baravari miqdorida (810.000 söm) jarima jazosi tayinlandi.

×