Namanganda haydovçi YPX xodimiga 1000 dollar va 4 ta televizor taklif qildi

Namanganda haydovçi YPX xodimiga 1000 dollar va 4 ta televizor taklif qildi

2021 yil 1 dekabr kuni soat 08:00 larda Namangan viloyati, Pop tumani hududida joylaşgan "Namangan" muntazam YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimi F.Mamatqulov tomonidan maskandan harakatlanib ötayotgan "Cobalt" rusumli avtomobil töxtatilgan. Tekşiruv davomida avtomobilda 16 dona tegişli hujjatlarsiz televizorlar olib ketilayotgani maʼlum bölgan va bayonnoma orqali tuman IIBga olib kelingan. Haydovçi holat yuzasidan tegişli çora körilmasligi uçun YPX xodimiga 1000 AQŞ dollar miqdoridagi pul va 4 dona televizor berişni taklif qilgan. YPXO komandiri örinbosari A.Abdusamadov mazkur holat böyiça viloyat IIB boşliğiga bildirgi orqali, pora taklif qilayotgan fuqaroga qonuniy çora körilişini söragan.

Bildirgi asosida huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilib, Pop tumani IIB maʼmuriy binosi yonida haydovçi, 1992 yilda tuğilgan X.S. YPX xodimiga 900 AQŞ dollar miqdoridagi pulni pora tariqasida bergan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

×