Kolorado universitetining bir guruh olimlari köpinça erkaklar koronavirus zarralarini yuqtirişini aniqladilar. Bunga öpkaning öziga xos tuzilişi taʼsir qiladi. Bu haqda 6 dekabr, duşanba kuni CBS telekanali xabar berdi.
Mutaxassislar 75 kişi iştirokida tajriba ötkazişgan. Olimlar erkaklar, ayollar va bolalarda ajraluvçi sölak miqdorini tahlil qilişdi. Bunda bemorlar qöşiq kuylaşgan yoki baland ovozda gapirişgan.
Natijada, maşinasozlik kafedrasi professori Jon Volkens taʼkidlaganidek, kattalar bolalarga qaraganda köproq zarralar ajratişi ayon böldi.
«Erkaklar köproq zarralar ajratişining sababi şundaki, ularning öpkasi kattaroq. Ovoz balandligi tovuş apparatiga qança energiya sarflaşini körsatib beradi», – dedi olim.
Uning sözlariga köra, bu energiya tanadan ajraladigan köp miqdordagi zarralarga aylanadi. Ular esa öz navbatida virus taşiydi. Volkens xulosasiga köra, dam oliş joylari, barlar, sport maydonçalari va kontsert zallari eng xavfli hududlar bölib, u yerda odamlar baland ovozda gaplaşadi yoki qöşiq kuylaşadi.









