Germaniyada koronavirusning yangi ştammi – «Omikron» bilan kasallanişning ilk holati qayd etildi. Bu haqda siyosatçi Kay Kloze maʼlum qildi.
«Keça tunda Janubiy Afrikadan qaytgan sayyohda omikronga xos bir neçta mutatsiyalar borligi aniqlandi. Şubhalar juda jiddiy, bemor allaqaçon izolyatsiyaga jönatilgan», – deb yozdi siyosatçi tvitterda.
Janubiy Afrikada ilk bor qayd etilgan bu ştamm qisqa vaqtda bir qança davlatlarga tarqalişga ulgurdi.
Avvalroq JSST koronavirusning B.1.1.529 yangi ştammini yunon alifbosining 15-harfiga muvofiq «Omikron» deb atagandi.
«Omikron» öta yuqumli va juda tez tarqalayotgani haqida xabar bergandik.









