Koronavirusning yana bir ğalati xususiyati paydo böldi

Koronavirusning yana bir ğalati xususiyati paydo böldi

Flinders universitetining avstraliyalik olimlari SARS-CoV-2 koronavirusining boşqa viruslardan ajratib turadigan yana bir ğaroyib xususiyatini aniqlaşdi.

"Izvestiya" maʼlumotlariga köra, tirik organizmlarning uşbu infektsiyaga çidamliligini örganiş şuni körsatdiki, koronavirus odam hujayralariga juda oson moslaşadi.

Mutaxassislarning taʼkidlaşiça, SARS-CoV-2 ACE2 retseptorlari orqali tanaga kiradi va hujayralar oqsillar orqali boğlanadi. Maʼlum bölişiça, u odam bilan allaqaçon kuçli “aloqa örnatgan”.

“Bu yangi virus inson vujudida heç qaçon bölmagan, ammo uning inson retseptorlari bilan yuqori darajada boğlana olişi juda ajablanarli”, deydi Flinders universiteti professori Nikolay Petrovskiy.

Uning sözlariga köra, koronavirus inson tanasiga şunçalik yaxşi moslaşganki, aloqani saqlab qoliş uçun unga mutatsiya qiliş şart emas.

×