Koronavirusning «yaşirin» tarqaliş yöli aniqlandi

Koronavirusning «yaşirin» tarqaliş yöli aniqlandi

SARS-CoV-2 koronavirusi hujayra devorlari içida qolgan holda hujayralararo tarqalişda davom etib, virus zarralari çiqarişni çeklaydi va antitanalarga çap beradi. Ogayo universiteti olimlari öz tadqiqotlariga asoslanib şunday xulosaga kelişdi.

«Mohiyatan bu virus tarqalişining «yaşirin yöli». Odam immuniteti unga deyarli tösqinlik qilmagani bois, SARS-CoV-2 hujayradan hujayraga samarali tarqalib boraveradi», — dedi Ogayo ştati universiteti virusologiya professori Şan-Lu Lyu.

Virus hujayradan hujayraga tarqalganida uni neytrallaşi kerak bölgan antitananing samaradorligi pasayişi aniqlandi.

«Koronavirusning yangi-yangi ştammlari, xususan, «omikron» paydo böldi, şu jihatdan ham hujayradan hujayraga ötişning antinalarga bardoşliligi hodisasini nazardan qoçirmasligimiz kerak, ehtimol muammoning yeçimi şu bölişi ham mumkin. Şu maʼnoda virusli infektsiyaning boşqa bosqiçlari uçun möljallangan samarali dorilarni işlab çiqiş muhim ahamiyatga ega», — taʼkidladi professor Lyu.

×