Konstitutsiya – asosiy qomusimiz

Konstitutsiya – asosiy qomusimiz

Erkinlik, tenglik, adolat, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi, hokimiyatning saylov asosida vujudga kelişi, xokimiyatlar bölinişi, fuqarolar huquq va erkinliklaridan sud qarorisiz mahrum etib bölmasligi, aybsizlik prezumptsiyasi - bularning barça-barçasi demokratiyaning eng muxim belgilari bölib, demokratik davlatlar konstitutsiyalarining muhim printsiplarini  taşkil etadi.

Şu maʼnoda aytiş joizki, yuqorida keltirib ötilgan demokratik printsiplarni özida mujassam etgan möʼtabar Qomus-Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun-mustaqil Özbekiston taraqqiyotida beqiyos siyosiy, huquqiy va xalqaro ahamiyatga molik tarixiy kun bölib qoldi. Bu yana şu bilan izoxlanadiki, har bir mamlakatda u yoki bu joriy qonunlar bölişi va u muayyan vaqtdan söng nomi özgarişi yoxud bekor bölişi mumkin. Biroq Konstitutsiya inson, jamiyat, davlat manfaatlarini va irodasini özida ifodalovçi, davlat tuzilişi va boşqaruvi şakli asoslarini belgilovçi, hokimiyat idorlari faoliyatini taşkil etilişi tartibi va printsiplarini mustaxkamlovçi oliy yuridik kuçga ega bölgan xujjat bölib, u özining yagonaligi va barqarorligi bilan ajralib turadi.

1992 yil 8 dekabrda bölib ötgan Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining 12 çaqiriq 11 sessiyasida moddama-modda ovoz beriş yöli bilan mustaqil Özbekiston davlatining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Özbekistondan keyin Qirğiziston (1993 yil 5 may), Rossiya Federatsiyasi (1993 y 12 dekabr), Belarus Respublikasi (1994 y 15 mart), Tojikiston (1994 y 6 noyabr), Qozoğiston (1995 y 30 avgust) va boşqalar öz Konstitutsiyalarini qabul qilişdi.

Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi eng rivojlangan, taraqqiy topgan demokratik davlatlarning tarixiy tajribasi va jaxon Konstituttsiyaviy amaliyotiga tayangan xolda yaratilgan. Konstitutsiyamiz BMT hujjatlariga, inson huquqlari umumjaxon dekloratsiyasiga, xalqaro huquqning umumeʼtirof etgan qoidalariga asoslangan. Şuningdek Yaponiya, Kanada, AQŞ, Germaniya, Frantsiya, Portugaliya, Italiya, Şvetsiya, Turkiya, Ispaniyaning xamda şarq mamlakatlaridan - Xindiston, Pokiston, Misr davlatlarning konstitutsiyaviy tajribasidan ijobiy foydalanilgan.

Konstitutsiya sözi lotinça sözdan olingan bölib, “örnataman”, “örnatmoq” degan sözlarni anglatadi.

Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimiz hoxiş irodasini yagona hujjatga jamlagan, uyğunlaştirgan muhim manbaadir.

Mustaqil davlatimizning asosiy qonuni hisoblangan Konstitutsiyamiz loyihasi öşanda ikki marotaba umumhalq muhokamasidan ötkazilib, keng jamoatçilikning fikr mulohazalari bilan boyitilgan.

Umumxalq muhokamasi davomida Konstitutsiyamiz loyihasi yuzasidan olti mingdan ziyod taklif va mulohazalar bildirilgan.

×