Prezident Şavkat Mirziyoyev Konstitutsiya bayrami munosabati bilan yöllagan tabrigida 2022 yilda yangi qomus qabul qilinişini aytdi.
«Uçinçi Renessansning tört uzviy halqasi bölmiş boğça, maktab, oliy taʼlim va ilm-fan sohalarini rivojlantiriş masalalarini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qöyiş ham maqsadga muvofiqdir.
Albatta, Konstitutsiyani yangilaşdek ğoyat muhim, strategik vazifani hal etişda biz yetti marta emas, yetmiş marta öylab, xalqimiz bilan har tomonlama maslahatlaşgan holda, yurtimiz va jahondagi ilğor tajribalarni çuqur örganib, aniq qaror qabul qilişimiz zarur.
Oliy Majlis palatalari, hurmatli deputat va senatorlarimiz, muhtaram nuroniylar, xotin-qizlar, yoşlar jamoatçiligi, huquqşunos va siyosatşunos olimlarimiz, ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilarimiz, butun xalqimiz bu masalada özining aniq fikr va qaraşlarini bildiradilar, deb işonaman.
Atoqli davlat va siyosat arbobi Uinston Çerçillning «Yaxşi böliş uçun – özgariş kerak, yaxşilarning yaxşisi böliş uçun esa yanada köproq özgariş kerak», degan sözlarida, öylaymanki, teran hayotiy maʼno mujassam.
Darhaqiqat, bugungi şiddatli davr bizdan zamonga mos harakat va özgarişlarni talab etmoqda. Ana şunday talabga javob beradigan mukammal Konstitutsiyaga ega böliş uçun Asosiy qonunimizning yangi loyihasini tayyorlaşimiz, uni umumxalq muhokamasiga qöyib, bildirilgan takliflar asosida takomillaştiriş, uşbu muhim siyosiy hujjatni 2022 yil Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yillik bayrami nişonlanadigan kunlarda qabul qiliş, öylaymanki, milliy davlatçilik anʼanalarimizga, xalqimiz manfaatlariga munosib iş böladi», deyiadi tabrikda.









