Anjumanlar saroyida Konstitutsiya kuniga bağişlangan tantanali yiğiliş bölib ötdi (foto)

Anjumanlar saroyida Konstitutsiya kuniga bağişlangan tantanali yiğiliş bölib ötdi (foto)

“Özbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 7 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bağişlangan tantanali yiğiliş bölib ötdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev xalqimizni uşbu qutluğ ayyom bilan tabrikladi.

Har bir davlat öz taraqqiyot yölini tanlar ekan, eng muhim maqsad va vazifalarini belgilab oladi. Mamlakatimiz mustaqilligining ilk davrida qabul qilingan Konstitutsiyada ham xalqimizning xohiş-irodasi, inson huquq va manfaatlari, davlat tuzilişi öz ifodasini topgan. Boş qomusimiz, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib çiqişidan qatʼiy nazar, yurtimiz fuqarolari tengligining kafolatlanişini qayd etdi va zamonaviy demokratik taraqqiyot uçun zamin yaratdi.

Şu bois Konstitutsiyamizni ardoqlaymiz, uluğlaymiz, örganamiz.

Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun öz nutqida qonun ustuvorligini taʼminlaş demokratik huquqiy davlatning boş mezoni hisoblanişi, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari işlab çiqayotgan hujjatlar, mansabdor şaxslarning xatti-harakatlari faqat va faqat Konstitutsiya hamda qonunlarga muvofiq bölişi şartligini alohida aytib ötdi.

Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erişişda jamoatçilik nazoratidan köra samarali vosita yöq.

Qonuniylikni qaror toptiriş, qonun buzilişiga qarşi kuraşiş borasida jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari “uyğongani” qayd etildi. Masalan, Davlat byudjeti muhokamasi paytida fuqarolar va deputatlar fikri asosida maktablar uçun 50 milliard söm qöşimça mablağ ajratilgani yoki odamlarning haqli eʼtirozi tufayli daraxtlarni sababsiz kesişga qarşi moratoriy eʼlon qilingani ijobiy baholandi. Bular aholining ijtimoiy jarayonlarga nisbatan masʼuliyat va daxldorlik hissi oşib borayotganini körsatadi.

Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltiriş borasidagi işlarni uzluksiz davom ettiriş, bu boradagi könikmalarni farzandlar tarbiyasiga bolalikdan singdiriş kerakligini taʼkidladi.

– Konstitutsiyamiz har bir fuqaroning ongi va qalbidan çuqur joy olgan, ularning huquq va erkinliklarini töliq kafolatlaydigan haqiqiy hayot qomusiga aylanmoği lozim, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Boş qomusimizda belgilangan insonparvar tamoyillar töla amalga oşirilmoqda. Sönggi yillarda Prezidentimizning jinoyat sodir etganlarni afv etiş böyiça 8 ta farmoni qabul qilinib, 4 mingdan ziyod şaxs jazoni ötaş joylaridan ozod qilindi.

Uşbu bayram arafasida Özbekiston rahbari yana bir şunday farmonga imzo çekdi. Unga binoan, jinoiy qilmişiga çin dildan puşaymon bölib, tuzaliş yöliga qatʼiy ötgan 92 nafar mahkum afv etildi.

Bu yil Jasliq qörğonidagi jazoni ijro etiş koloniyasi yopilgani ham insonparvar siyosatning amaliy namunasi böldi. Bundan taşqari, ozodlikdan mahrum etilgan şaxslarga pensiya va ijtimoiy suğurta tölaş tartibi birinçi marta yölga qöyildi.

Prezident matbuot xizmati

Joriy yilda “Mehr-1” va “Mehr-2” insonparvarlik amaliyotlari doirasida qurolli mojarolar maydonidan 261 nafar fuqaro, asosan ayollar va bolalar yurtimizga qaytarib kelindi.

Ötgan uç yilda 9 ming 692 nafar, jumladan, bu yilda 5 ming 868 nafar şaxs Özbekiston fuqaroligiga qabul qilindi.

Davlatimiz rahbari huquqni muhofaza qiluvçi organlarni faqat va faqat xalq manfaati yölida oğişmay xizmat qiladigan idoralarga aylantiriş zarurligini taʼkidladi.

Sudlarning mustaqilligini mustahkamlaş, tergov-suriştiruv jarayonida özaro tiyib turiş tamoyillarini taʼminlaş, advokatura institutini takomillaştirişga oid dolzarb vazifalarni körsatib ötdi.

Bayram tadbirida davlat va jamoat arboblari, ilm-fan va sanʼat namoyandalari, xorijiy davlatlar elçixonalari va xalqaro taşkilotlar vakolatxonalari hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.

Tantana katta kontsert dasturi bilan davom etdi.

×