Andijonda bloger ayolga kuç işlatilişi fakti böyiça jinoyat işi qözğatildi

Andijonda bloger ayolga kuç işlatilişi fakti böyiça jinoyat işi qözğatildi

Andijonda taniqli bloger Fotima Jörayeva kaltaklangani xabari berilgandi.

Oradan köp ötmay Boş prokuratura vaziyat böyiça bayonot berib, holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilayotganini bildirganidan ham xabardorsiz.

Olib borilgan tergovga qadar tekşiriş yakuniga köra, Uluğnor tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boş hisobçisi S. M.ga nisbatan Uluğnor tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (qasddan badanga yengil şikast yetkaziş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatildi. Mazkur maʼlumotni Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinov tasdiqladi.

Unga köra, ötkazilgan sud-tibbiy ekspertizasida F.Jörayevada «Boş miya çayqalişi, boşni çap qovoq sohasi yorilgan (tikilgan) lat yara, çap yelka bel, qorin va dumba sohasi yumşoq töqimalarini lat yeyişi va qontalaşlar» kabi jarohatlar aniqlangan.

Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, ötgan oyda mahalliy fermerlar va tuman Elektr tarmoqlari korxonasida örtasida yuzaga kelgan muammolarni örganayotgan bloger kutilmaganda bosimga duç keladi. Yaʼni bloger Jörayeva söroviga javob oliş uçun tuman Elektr tarmoqlari korxonasida kelganda uning uyali telefon apparati tortib olinib, sindirib taşlanadi. Kamiga bir neça erkak unga nisbatan jismoniy kuç işlatadi. Voqelik korxona mutasaddilari köz öngida röy beradi. Biroq heç kim uning oldini olişga harakat qilmaydi.

×