Andijonda 20 yoşli qizni “samosud” qilgan ayolga jinoyat işi qözğatildi

Andijonda 20 yoşli qizni “samosud” qilgan ayolga jinoyat işi qözğatildi

Andijonda tadbirkor ayol qöl ostida sotuvçi bölib işlovçi, 2005 yilda tuğilgan qizni kaltaklagani haqida xabar berilgandi. Uşbu ayolga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda viloyat Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi. 

Voqea 2024 yilning 15 dekabr kuni Andijon şahri Hunarmand mahallasida sodir bölgan. Kiyim savdosi bilan şuğullanuvçi dökon egasi qöl ostida sotuvçi bölib işlovçi, 2005 yilda tuğilgan fuqaroga nisbatan zöravonlik qilgan. Ular örtasidagi ziddiyat özaro qarz oldi-berdi masalasi ortidan kelib çiqqan.

Bildirilişiça, zöravon ayolga Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 138-moddasi 2-qismi (zörlik işlatib ğayriqonuniy ravişda ozodlikdan mahrum qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, fuqaro protsessual tartibda uşlangan. Tergov işi Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Şuningdek, boşqarma uşbu fuqaroning noqonuniy xatti-harakatlaridan jabrlanganlar 102 qisqa raqamiga, Andijon şahri böyiça IIO FMBning telefon raqamiga 74-223-59-52 yoki yaqin oradagi içki işlar bölimlariga murojaat qilişlarini söragan. 


×