Namangan viloyati Mingbuloq tumanida fuqarolarga özini aviakassa xodimi sifatida taniştirib, ularga qalbaki aviaçiptalarni sotib kelgan ayol uşlandi. U 82 kişiga qalbaki aviaçipta sotgan. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 17 mart kuni Mingbuloq tumanida yaşovçi 47 yoşli fuqaro va boşqalar tuman IIB boşliği nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Murojaatda aytilişiça, fevral va mart oylarida Norin tumanida yaşovçi 25 yoşli ayol Mingbuloq tumani Jomaşuy şaharçasida soxta aviakassa oçib, fuqarolarga aviaçipta sotgan.
Özini aviakassa xodimi sifatida taniştirgan ayol fuqarolardan aviaçipta uçun 2 million sömdan, COVID-19 haqidagi maʼlumotnoma uçun esa 3 million 500 ming sömdan pul olgan. Umumiy hisobda 82 nafar fuqaroni “uxlatgan”. Ayol pullarning hammasini şaxsiy manfaatlari yölida işlatib yuborgan.
Xabarga köra, mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.









