«Guangzhou» tibbiyot markazidagi firibgarliklar böyiça jinoyat işi qözğatildi

«Guangzhou» tibbiyot markazidagi firibgarliklar böyiça jinoyat işi qözğatildi

Toşkent şahar IIBBning xabar berişiça, «Guangzhou» tibbiyot markazi bilan boğliq holat yuzasidan jinoyat işi oçilgan.

Xabarda aytilişiça, «GUANGZHOU MEDICAL of CHINA» MÇJ mansabdor şaxslari va xodimlariga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 2-qismi «b» bandi (“Sifatsiz yoki qalbakilaştirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni ötkaziş maqsadida işlab çiqariş, tayyorlaş, oliş, saqlaş, taşiş yoki ötkaziş, şuningdek dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan taşqarida realizatsiya qiliş”) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Jinoyat işi doirasida mazkur klinikaning Toşkent şahridagi va boşqa viloyatlardagi filiallarida tekşiruv ötkazilgan.

Qöşimça qilinişiça, hozirda Toşkent şahar IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

×