Ijtimoiy tarmoqlarda yoş yigit pensiyadagi 63 ayolga tegajoqlik qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berib, jinoyat işi qözğatilganini maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, voqea joriy yilning 11 sentyabr kuni yuz bergan. Gumonlanuvçi 2001 yilda tuğilgan A.Z. ismli yigit bölgan.
Ayni vaqtda voqea yuzasidan Çilonzor tumani IIO FMB Tergov bölimi tomonidan gumonlanuvçiga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Xabarga köra, tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov yakuni böyiça qonuniy qaror qabul qilinadi.









