“Nika pharm” MÇJ va “Mustahkam yamin farm” MÇJ örtasidagi nizoli vaziyat “ATM Partners” MÇJning murojaatiga asosan Boş prokuratura Oliy sudning qaroriga nisbatan işni kassatsiya tartibida takroran köriş haqida protest keltirildi.
Oliy sud iqtisodiy işlar böyiça sudlov hayʼatining 2021 yil 1 noyabrdagi qarori bilan protest qanoatlantirilib, sudlov hayʼatining 2021 yil 15 iyuldagi qarori bekor qilindi hamda quyi sud qarorlari özgarişsiz qoldirildi.
“Nika pharm” MÇJ va “Mustahkam yamin farm” MÇJ örtasida 2020 yil 22 yanvarda dori vositalarini yetkazib beriş töğrisida şartnoma tuzilgan. Mazkur şartnoma böyiça majburiyatlar bajarilişini taʼminlaş uçun uşbu taraflar va “ATM Partners” MÇJ örtasida 2020 yil 24 yanvarda kafillik şartnomasi rasmiylaştirilgan.
Yuqorida qayd qilingan şartnoma asosida “Nika pharm” MÇJ tomonidan 395.550.000 sömlik mahsulotlar “Mustahkam yamin farm” MÇJga yetkazib berilgan. Biroq, sotib oluvçi tomonidan yetkazib berilgan mahsulot uçun tölovlar amalga oşirilmaganligi bois taraflar örtasida nizo kelib çiqqan.
Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2020 yil 9 dekabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvogar “Nika pharm” MÇJ foydasiga javobgar “Mustahkam yamin farm” MÇJdan 395.550.000 söm asosiy qarz, 1.582.200 söm penya undirilgan. Daʼvoning kafil “ATM Partners” MÇJga nisbatan qismi sudgaça tartibga rioya etilmaganligi uçun körmasdan qoldirilgan.
Daʼvogar “ATM Partners” MÇJ Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgarlar “Nika pharm” MÇJ va “Mustahkam yamin farm” MÇJga nisbatan taraflar örtasida 2020 yil 24 yanvarda tuzilgan kafillik şartnomasini haqiqiy emas deb topişni söragan. Bunga asos sifatida kafillik şartnomasidagi “ATM Partners” MÇJ raxbarining imzosi qalbakilaştirilganligi körsatilgan.
Sudning 2021 yil 28 apreldagi hal qiluv qarori bilan daʼvogarning daʼvo talabi qanoatlantirilgan. Apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori bilan uşbu hal qiluv qarori özgarişsiz qoldirilgan.
Oliy sud iqtisodiy işlar böyiça sudlov hayʼatining 2021 yil 15 iyuldagi qarori bilan uşbu sud qarorlari bekor qilinib, daʼvogarning daʼvosini rad etiş haqida yangi qaror qabul qilingan.
Mazkur iş “ATM Partners” MÇJning murojaatiga asosan Boş prokuraturada atrofliça örganilib Oliy sudning qaroriga nisbatan işni kassatsiya tartibida takroran köriş haqida protest keltirildi.
Oliy sud iqtisodiy işlar böyiça sudlov hayʼatining 2021 yil 1 noyabrdagi qarori bilan protest qanoatlantirilib, sudlov hayʼatining 2021 yil 15 iyuldagi qarori bekor qilindi hamda quyi sud qarorlari özgarişsiz qoldirildi.









