Tadbirkor muammosini hal qilmagan hokimlarning lavozimga loyiqligini körib çiqiladi​

Tadbirkor muammosini hal qilmagan hokimlarning lavozimga loyiqligini körib çiqiladi​

Avval xabar qilganimizdek, prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 19 may kuni tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar böyiça videoselektor yiğilişi ötkazildi. Tadbir avvalida koronavirus infektsiyasiga qarşi kuraş işlariga yana bir bor töxtalib ötdi.

Yiğilişda kiçik biznes va oilaviy tadbirkorlikni faol qöllab-quvvatlaş borasidagi qöşimça çora-tadbirlar va ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Avvalo, tadbirkorlar huquqlari kafolatlari va mulk daxlsizligini taʼminlaş masalasiga jiddiy eʼtibor qaratildi.

– Barça hokimlarni ogohlantiraman. Birorta tadbirkorning mulki noqonuniy olib qöyilsa, hokim faqat işdan ketiş bilan qutulmaydi, balki qonun oldida javob beradi, – deya taʼkidladi Şavkat Mirziyoyev.

Mutasaddi idoralarga mulk daxlsizligini buzganlik uçun javobgarlikni kuçaytiriş, mulkni kompensatsiya qiliş böyiça tadbirkorlar foydasiga çiqarilgan sud qarorlari ijrosini töliq taʼminlaş böyiça körsatmalar berildi.

Prezident topşiriğiga köra, tadbirkorlik muhiti har bir tuman va şahar kesimida oyma-oy tahlil va xulosa qilib boriladi. Şuningdek, Biznes-ombudsman tadbirkorlar huquqi va mulk daxlsizligini buzgan tuman va şahar hokimlari töğrisida hukumatga maʼlumot kiritib boradi. Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlar muammosini hal qilmagan, ular bilan yetarli darajada işlamagan şahar va tuman hokimlarining lavozimga loyiqligini körib çiqadi.

×