Namanganliklar.uz curiştiruvidan söng “Raddomdagi veqeani” qayta körib çiqiladi

Namanganliklar.uz curiştiruvidan söng “Raddomdagi veqeani” qayta körib çiqiladi

Rasmiy bayonot:

2021 yil 23 mart kuni soat 12⁰⁰da Davlatobod tumani 5a-kiçik nohiya, 13-uy, 45-xonadonda yaşagan 26.12.1983 yilda tuğilgan Mamadaliyeva Azizaxon Mamatraximovna uşbu kuni oğir ahvolda Namangan viloyat perinatal markaziga olib kelinib, keserça kesiş jarrohlik amaliyoti bilan öğil farzandi tuğib, soğliği yomonlaşib, viloyat perenatal markazida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan şahar prokuraturasi tergovçisi A.A.Adxamov tomonidan 23.03.2021 yildan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilgan.

Tergovga qadar tekşiriş davomida, 2021 yil 23 mart kuni holat böyiça Respublika sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazi viloyat filialiga sud-tibbiy va sud-komission ekspertizasi tayinlangan.

Respublika sud-tibbiy ekspertizasi va ilmiy-amaliy markazi Namangan viloyat filialining 09.04.2021 yildagi 103-sonli sud-tibbiy va 23.04.2021 yildagi 50/53-sonli komission ekspertiza xulosalarida, A.Mamadaliyevaning ölimi - 5-xomiladorlik 39-40 xaftasi, keserça kesiş amaliyoti orqali tuğruq, yöldoşni barvaqt notöliq köçişi oğir darajali eklampsiya, glomerulonefrit, meometriya va boldir vena qon tomirlari varikoz kengayişi, içki aʼzolar poliseroziti va bularning asorati: öpka arteriyalari trombozi, ötkir karaxtlik, nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligidan yuz bergani, tekşiruv jarayonida uning badanida ölimiga sabab bölişi mumkin bölgan tan jarohatlari topilmagani, bundan taşqari, şifokorlar tomonidan unga öz vaqtida malakali va operativ tibbiy yordam hamda tölaqonli reanimatsion muolajalar körsatilib, ularning harakatlarida A.Mamadaliyevaning ölimiga sabab bölişi mumkin bölgan qonunbuziliş holatlariga yöl qöyilmaganligi körsatilgan.

Şuningdek, 2021 yil 25 mart kuni esa A.Mamadaliyevaning öğil jinsli çaqaloği ham Namangan viloyat perinatal markazida vafot etgan.

2021 yil 25 mart kuni esa A.Mamadaliyevaning öğil jinsli çaqaloği ham viloyat perinatal markazida vafot etganligi holati 2021 yil 2-aprel kuni holat böyiça Respublika sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazi Namangan viloyat filialiga sud-komission ekspertizasi tayinlangan.

RŞTYOIMNFning 25.03.2021 yildagi 118/P-sonli patalogo-anatomik hamda Respublika sud-tibbiy ekspertizasi va ilmiy-amaliy markazi viloyat filialining 23.04.2021 yildagi 51/54-sonli komission ekspertiza xulosalarida, A.Mamadaliyeva çaqaloğining ölimi – çaqaloqlar asfiksiyasi, içki organlar seroz va şilliq qavatlarida nuqtasimon qon quyilişlar, poliorgan va ötkir yurak qon-tomir va nafas yetişmovçiligidan yuz bergani, ölim vaqti qaror tafsilotidagi vaqtga töğri kelişi, şuningdek, tekşiruv jarayonida uning badanida tan jarohatlari topilmagani va şifokorlar tomonidan unga öz vaqtida malakali va operativ tibbiy yordam hamda tölaqonli reanimatsion muolajalar körsatilib, ularning harakatlarida A.Mamadaliyeva öğil jinsli farzandining ölimiga sabab bölişi mumkin bölgan qonunbuziliş holatlariga yöl qöyilmaganligi körsatilgan.

Bundan taşqari, Namangan viloyat Soğliqni saqlaş boşqarmasiga A.Mamadaliyeva va uning öğil jinsli farzandini vafot etganligi holati yuzasidan şifokor va patronaj-xamşiralarning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekşiruvi tayinlangan.

Viloyat Soğliqni saqlaş boşqarmasining 01.04.2021 yildagi xizmat tekşiruvi xulosalarida, viloyat perinatal markazi va Davlatobod TTBga qaraşli 9-son oilaviy poliklinika şifokorlari va patronaj-xamşiralari tomonidan A.Mamadaliyeva va uning öğil jinsli farzandiga öz vaqtida malakali tibbiy yordam körsatib kelinib, notöğri taşhis qöyiş, dori-darmon beriş va davolaş holatlariga yöl qöyilmaganligi körsatilgan.

29.03.2021 yilda fuqaro Z.A.Isomiddinov özining arizasiga ilova qilib taqdim qilgan diskdagi video yozuvlar orqali şifokorlarning noqonuniy xatti-harakatlariga baho berişni sörab, murojaat qilgan.

Fuqaro Z.A.Isomiddinovning arizasida keltirgan holatlar yuzasidan tekşiruv olib borilib, işda töplangan obʼektiv dalillarga asosan uning vajlari öz tasdiğini topmaganligi, marhuma A.Mamadaliyeva va uning öğil jinsli farzandining vafot etganligi holatlarida viloyat perinatal markazi va Davlatobod TTBga qaraşli 9-son oilaviy poliklinika şifokorlari, patronaj-xamşiralari va boşqa biror-bir şaxsning harakati yoki harakatsizligida jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi sababli 23.04.2021 yilda şahar prokuraturasi tergovçisi A.A.Adxamov tomonidan jinoyat işi qözğatişni rad etilgan.

Mazkur qaror va töplangan hujjatlar viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida örganib çiqilganida, bir qator qöşimça tekşiruv harakatlari olib borilişi lozimligi sababli, 30.10.2021 yilda viloyat prokuraturasi tomonidan bekor qilinib, qöşimça tekşiruv harakatlari ötkazişlik uçun şahar prokuraturasiga yuborilib, tergov qadar tekşiriş harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

×