Sud «UzAuto Motors» işini qayta körib çiqadi

Sud «UzAuto Motors» işini qayta körib çiqadi

Toşkent şahar maʼmuriy sudi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining şu yilning 30 oktyabrdagi hal qiluv qaroriga nisbatan keltirgan apellyatsiya şikoyatini sud qabul qildi.

Maʼlum bölişiça, Toşkent şahar maʼmuriy sudi 11 dekabr kuni «UzAuto Motors» işini qayta körib çiqadi.

Eslatib ötamiz, «UzAuto Motors»ning Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi maxsus komissiyasi qarorini haqiqiy emas, deb topiş töğrisidagi şikoyat arizasi böyiça şu yilning 30 oktyabr kuni sudning hal qiluv qarori qabul qilingandi.

Qömita vakillari sudning qaroridan norozi bölib, yuqori instantsiyaga murojaat etişini bildirgandi.

Kun.uz’ning Oliy suddagi manbasi maʼlumotiga köra, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi apellyatsiya şikoyatini keltirib, «UzAuto Motors» arizasini qanoatlantirişni rad etişi va yangi hal qiluv qarori qabul qilişini söragan.

Maʼlumot uçun, Toşkent şahar maʼmuriy sudining 2020 yil 30 oktyabrdagi hal qiluv qaroriga asosan, arizaçi «UzAuto Motors» AJning javobgar Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasiga nisbatan şikoyat arizasi qanoatlantirildi va Maxsus komissiyaning 21/31-sonli iş böyiça 2020 yil 19 avgustdagi qarori haqiqiy emas, deb topildi.

Qömitaning boşqarma boşliği Uluğbek Davlatov joriy yil 26 avgust kuni Kun.uz’ga bergan intervyusida maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan qaror mohiyati va voqealar rivoji haqida gapirib bergandi.

Sudya Ğolib Davlatov 30 oktyabr kuni «UzAuto Motors» işi böyiça öz qarorini şarhlab bergandi. Şundan keyin, jamoatçilikda yana savollar paydo böla boşladi. Kun.uz sudyaning öz qaroriga bergan şarhini qonun manbalari bilan soliştirib körgan.

×