Uzauto Motors yetkazib berilmagan Captiva 5 uçun xaridorlarga kompensatsiya tölaydi

UzAuto Motors AJ Chevrolet Captiva 5 avtomobilini yetkazib beriş böyiça bekor qilingan şartnomalarning mablağlarini qaytaradi va kompensatsiyani amalga oşiradi. Bu haqida AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib ötamiz, UzAuto Motors AJ kompaniyasi 2021 yilning 20 noyabr sanasida Chevrolet Captiva 5 avtomobillarini yetkazib beriş böyiça şartnomalar töxtatilgani haqida rasmiy bayonot bergandi.

Bayonotda mijozlar murojaatidan keyin 3 kun içida tuzilgan şartnomalar böyiça tölangan barça mablağlar töliq qaytariladi. Şuningdek, kompaniya qöşimça ravişda oldindan tölov summasining 5 foizini kompensatsiya sifatida taqdim etilişi haqida keltirilgandi.

Qayd etilişiça, Chevrolet Captiva 5 avtomobili böyiça jami 461 ta şartnoma puli tölangan. Ayni paytda, 207 nafar xaridor  Çevrolet Captiva 5 avtomobili örniga boşqa avtomobilni olişga qaror qilişdi, 161 nafari esa tölangan mablağni qaytarilişi uçun ariza bilan murojaat qilganlar va allaqaçon pullarini qaytarib olişgan. 41 nafar mijozlar keçagi kundan boşlab  kompensatsiya sifatida taqdim etilgan 5 foizlik tölov summasini olişdi.

“Qolgan xaridorlar ham öz mablağlari va kompensatsiyani yaqin ikki-uç kun içida olişadi”, – deyiladi bayonotda.

×