“UzAuto Motors” kompaniyasi xaridorlarga Chevrolet Captiva 5 avtomobillarini yetkazib berişni töxtatdi. Bu haqda kompaniya rasmiy bayonotida aytilgan.
“UzAuto Motors” kompaniyasi xaridorlarga Chevrolet Captiva 5 avtomobillarini yetkazib beriş böyiça şartnomalar tuzişni töxtatişga majbur.
Yuzaga kelgan holat kompaniya tarixida birinçi bor yuz berişi, lekin, biz bugungi kunda jahon avtomobil sanoati oğir kunlarni boşdan keçirayotganligi va bizning kompaniyamiz ham bundan mustasno emasligini bir neça bor xabar qilganmiz.
Şu munosabat bilan, “UzAuto Motors” AJ rahbariyati va jamoasi öz mijozlarimizdan keltirilgan noqulayliklar uçun çeksiz uzr söraydi hamda ayni paytdagi vaziyatda mijozlari uçun qayğurib, qabul qilingan qarori yagona töğri qaror ekanligiga işonadi”, deyiladi kompaniya xabarida.
Qayd etilişiça, mijozlar murojaatidan keyin 3 kun içida tuzilgan şartnomalar böyiça tölangan barça mablağlar töliq qaytariladi. Şuningdek, kompaniya qöşimça ravişda oldindan tölov summasining 5 foizini kompensatsiya sifatida taqdim etadi.









