Özbekiston Respublikasining 2022 yil uçun Davlat byudjeti daromadlari 200,0 trln. söm, xarajatlari esa davlat maqsadli jamğarmalariga transfertlarni inobatga olgan holda 215,4 trln. söm miqdorida rejalangani haqida xabar bergan edik.
Moliya vazirliging 2022 yilgi Davlat byudjeti böyiça eʼlon qilgan şarhida byudjet daromadlari köp jihatdan yirik soliq tölovçi korxonalar iqtisodiy holatiga boğliq ekani taʼkidlangan.
2022 yilda yirik soliq tölovçilarning Özbekiston Respublikasi Davlat byudjeti tuşumlaridagi uluşi quyidagiça bölişi prognoz qilingan:
• “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK – 17,82 foiz;
• “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ – 9,40 foiz;
• “Özbekneftgaz” AJ – 1,70 foiz;
• “Öztransgaz” AJ – 1,89 foiz;
• “Hududgaztaʼminot” AJ –1,26 foiz:
• “Uzbat” AJ – 1,50;
• “Özbekiston metallurgiya kombinati” AJ – 0,76 foiz;
• “Uz-KorGasChemicalQK MÇJ – 0,78 foiz;
• “Uzauto Motors” AJ – 0,73 foiz;
• “Buxoro neftni qayta işlaş zavodi” MÇJ – 0,60.
Qayd etilişiça, iqtisodiy ösişni rağbatlantiriş maqsadida rivojlantiriş tarmoq dasturlarini amalga oşirişga yönaltiriladigan mablağlarni oşiriş rejalaştirilmoqda.









