“UzAuto Motors” xaridorlarga maşina berişni vaqtinça töxtatdi

“UzAuto Motors” xaridorlarga maşina berişni vaqtinça töxtatdi

“UzAuto Motors” AJ yangi avtomobillarni xaridorlarga berişni vaqtinçalik töxtatdi. Bu “tanaffus” joriy yilning 23-25 dekabr kunlari avtomobillar qoldiqlarini inventarizatsiya qilinişi bilan boğliq.

Şu bilan birga inventarizatsiya kunlari davomida dilerlar tomonidan avtomobil xarid qiliş uçun yangi şartnomalarni tuziş davom etadi.

Kompaniya dilerlik markazlarida inventarizatsiya tugagani haqida onlayn tartibda xabardor qilib boradi.

“Keltirilgan noqulayliklar uçun uzr söraymiz va sizning tuşunişingizdan umidvormiz!”, deyiladi kompaniya xabarida.

Sunnatilla Abdullayev

×