Endi turkmanistonliklar AQŞ vizasi uçun garov puli tölaydi

Endi turkmanistonliklar AQŞ vizasi uçun garov puli tölaydi

AQŞ Prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati mamlakatga kiriş uçun ariza topşirişda 15 ming dollargaça garov puli kiritiş talab etiladigan davlatlar röyxatini kengaytirdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Qayd etilişiça, röyxatga Butan, Botsvana, Markaziy Afrika Respublikasi, Gvineya, Gvineya-Bisau, Namibiya va Turkmaniston qöşilgan. Endilikda uşbu röyxatda 13 ta davlat bor bölib, ularning deyarli barçasi Afrika mamlakatlari hisoblanadi.

Naşr maʼlumotiga köra, yangi qoidalar joriy yil 1 yanvardan kuçga kirgan. Ular amaldagi talablarni töldiradi: şaxsiy suhbatdan ötiş, ijtimoiy tarmoqlar, avvalgi safarlar va oila aʼzolarining yaşaş şaroitlari haqidagi maʼlumotlarni taqdim etiş. AQŞ rasmiylari garov puli viza şartlariga rioya etilişini kafolatlaşga xizmat qilişini taʼkidlamoqda.

Agar viza berilmasa yoki arizaçi viza rejimini buzmaganini tasdiqlasa, kiritilgan summa qaytariladi. Bungaça mazkur röyxatga Mavritaniya, San-Tome va Prinsipi, Tanzaniya, Gambiya, Malavi hamda Zambiya kiritilgan.


×