Qaşqadaryoda içki işlar xodimlarining qonuniy talabiga böysunmay, maşinani ularning ustiga haydagan fuqaroga nisbatan jinoyat işi oçildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi Matbuot kotibi xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 27 noyabr kuni soat 16:10 larda Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumani hududida qoidabuzarligi uçun töxtatilgan 1998 y.t. Lacetti rusumli avtomobil haydovçisi H.A. IIO xodimlarining qonuniy talabiga böysunmasdan, atrofdagilarning hayoti va soğliğiga xavf solgan holda voqea joyidan qoçib ketişga uringan.
Mazkur holat tegişli tartibda hujjatlaştirilib, avtomobil vaqtinça saqlaş uçun jarima maydoniga joylaştirilgan.
Haydovçi H.A.ga nisbatan Çiroqçi tumani prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan hamda u JPKning 221-moddasi tartibida uşlangan.









