Navoiydagi ommaviy zaharlaniş böyiça jinoyat işi oçildi

Navoiydagi ommaviy zaharlaniş böyiça jinoyat işi oçildi

Xabaringiz bor, Navoiy viloyatidan ötgan Zarafşon daryosida baliqlar zaharlaniş tufayli ommaviy nobud bölgan edi. Özbekiston Boş prokuraturasi Matbuot xizmati holat böyiça jinoyat işi oçilganini maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, uşbu holat böyiça viloyat prokuraturasi tomonidan tegişli soha mutaxassislari jalb qilingan holda keng qamrovli tekşiruv ötkazilgan.

Tekşiruv davomida sanoat korxonalaridan Zarafşon daryosiga oqizilgan çiqindi suvlar tarkibi hamda nobud bölgan baliqlarda maxsus laboratoriya va ekspertiza tahlillari ötkazilgan. Tegişli xulosalar olinib, boşqa holatlar atrofliça örganilgan.

Maʼlum bölişiça, Zarafşon daryosiga azot ammoniy, nitrit va boşqa kimyoviy moddalar meʼyoridan ortiqça miqdorda oqizilganligi oqibatida daryodagi köplab baliqlar nobud bölgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan keça, 28 oktyabr kuni Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 196-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

×