Özbekistonda xitoylik tadbirkorga nisbatan jinoyat işi oçildi

Özbekistonda xitoylik tadbirkorga nisbatan jinoyat işi oçildi

1979 yil 14 iyun kuni tuğilgan Rexemaiti. Y. “Hushnuda Tikuv Servis” MÇJ ijroçi direktori vazifasida işlab kelib, mamlakatimizga matolar olib kelib sotiş bilan şuğullanib kelgan.

XXR, Şinjon provintsiyasi, Atuş şahrida doimiy röyxatda turib, Toşkent şahar, Çilonzor tumanida vaqtinça istiqomat qilgan Rexemaiti. Y. qamoqqa olingan bölib, unga nisbatan 1-1011-1905/514-sonli jinoyat işi oçilgan.

“7news.uz” internet naşrining işonçli manbasi bergan hujjatlarga köra, Rexemaiti. Y.ga nisbatan hujjatlarni qalbakilaştiriş barobarida diniy ayblovlar ham qöyilgani aytilmoqda.

Unga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi “b” bandi, 228-moddasi 3-qismi, 25,223-moddasi 1-qismi, 2441-moddasi 1-qismi va 246-moddasi 1-qismi bilan ayb eʼlon qilingani rasman tasdiqlandi.

Rexemaiti. Y. özining fuqarolik pasportining amal qiliş muddati tugayotganligi sababli yangi pasport oliş maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining Özbekistondagi elçixonasiga murojaat qilgan. Biroq, elçixona xodimlari unga faqatgina Xitoy Xalq Respublikasiga boriş huquqini beruvçi vaqtinçalik guvohnoma “oq pasport” rasmiylaştirib berişlarini maʼlum qilişgandan söng, u elçixona xodimlariga “oq pasport” kerak emasligini maʼlum qilib, elçixonadan çiqib ketgan va elçixona oldida tergov jarayonida aniqlaşni imkoni bölmagan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi bilan tanişib, u bilan 1.000 AQŞ dollari evaziga Xitoy Xalq Respublikasi pasportini yasab berişga kelişib, özining fuqarolik pasportini qalbakilşatirgan degan ayblov ilgari surilmoqda.

Rexemaiti. Y. uşbu qalbaki pasportga öz tanişining yordamida Özbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasidan dunyoning barça mamlakatlariga çiqiş va kiriş uçun ruxsatnoma rasmiylaştirib olgan va pasporti qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalangan holda Çilonzor tumani IIO FMB M va FRBda Toşkent şahar, Çilonzor tumani “Ts” mavzesidagi xonadon manzilida röyxatdan ötgani ham aniqlangan.

U I.Karimov nomidagi “Toşkent” xalqaro aeroportidan “Toşkent-Istanbul” yönalişidagi aviareys bilan Özbekistondan çiqib ketiş maqsadida, pasportini qalbaki ekanligini bila turib, çegara nazoratiga taqdim qilgan vaqtida çegara nazorati xodimlari tomonidan uning pasporti qalbaki ekanligi aniqlanib, uning jinoiy harakati öziga boğliq bölmagan holatlarga köra oxiriga yetmagan.

Bundan taşqari, Rexemaiti. Y. özining foydalanuvida bölgan “Samsung Galaxy 8” rusumli telefon apparatida nomaʼlum şaxsning hijrat, şahidlik va jihodga mukofotlar berilişi, hozirda “Xitoy kofirlari” Şarqiy Turkistonga “Şijon” deb nom bergani, Şarqiy Turkistonda sunnatga muvofiq musulmonlarning soqol qöya olmayotgani va ayollar hijob öray olmayotgani bayon ettirilgan turli ekstremistik yoki radikal guruhlarga nisbatan xayrixohlik kayfiyatini uyğotuvçi audio va video fayllarni Internet ijtimoiy tarmoğidan yuklab olib, mazkur materiallarni özining tergovda şaxsi aniqlanmagan tanişlariga, nomaʼlum şaxslarga “Telegram” ijtimoiy tarmoği orqali tarqatgani aniqlangani maʼlum qilinmoqda.

Voqealar davomini bizda kuzating! Sud qanday qarorga kelgani barçaga qiziq!

×