Toşkentda qidirilayotgan baççaboz qölga olindi va jinoyat işi oçildi

Toşkentda qidirilayotgan baççaboz qölga olindi va jinoyat işi oçildi

9 oktyabr kuni Toşkentda huquqni muhofaza qiliş organlari voyaga yetmagan qizlarga qiziqiş bildirgan baççabozning şaxsi aniqlandi. Unga qarşi Jinoyat kodeksining 129 moddasi 1-bandi böyiça jinoiy iş oçilgan. Bu haqda Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi, deydi "togri.uz".

Qanday jazo köriladi?

Jinoyat kodeksiga köra, şaxsning ön olti yoşga tölmaganligi aybdorga ayon bölgan holda, unga nisbatan zörlik işlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etiş uç yuz soatgaça majburiy jamoat işlari yoki ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud bir yilgaça ozodlikni çeklaş yoki bir yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Öşa harakatlar zörlik işlatib yoki qörqitib sodir etilgan bölsa, ikki yildan uç yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki ikki yildan beş yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

×