Toşkentda xonanda DXX tomonidan qölga olindi

Toşkentda xonanda DXX tomonidan qölga olindi

Toşkentda yaşovçi 1963 yil va 1975 yilda tuğilgan yoşli ikki fuqaro tadbirkorlik bilan şuğullanmoqçi bölgan şaxsning işonçiga kirib, Qaşqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani örmon xöjaligi hududidan unga «kovrak» ösimligi yetiştirişi uçun 1000 gektar yer ajratilişida yordam berişlarini aytib, evaziga 300 ming dollar talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Qaşqadaryo viloyati boşqarmasi xodimlarining viloyat prokuraturasi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş Departamentning hududiy boşqarmasi bilan hamkorlikda Qarşi şahrida ötkazgan tezkor tadbiri davomida mazkur şaxslar söralgan pulni olgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan qölga olindi.

Tergovoldi suriştiruv harakatlari davomida ular uşbu noqonuniy işni özini göyoki Örmon xöjaligi davlat qömitasi inspektori deb taniştirgan, 1988 yil Qarşida tuğilgan, hozirda Toşkentda istiqomat qilib, aslida xonandalik bilan şuğullanuvçi, muqaddam sudlangan şaxs bilan 80 ming dollar evaziga hal qilişga özaro kelişib olganliklari maʼlum böldi va tezkor tadbir davom ettirilib, Toşkentda dastlabki 24 ming dollarni olgan vaqtida u ham uşlandi.

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

×