Joriy yilning 9 noyabr kuni Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida Suriyadagi hududidagi terrorçilik taşkilotlar ğoyalari taʼsiriga tuşib qolgan şaxslar uşlandi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, DXX Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat IIB bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan. Aniqlanişiça, Xovos tumanida yaşovçi B.T. va uning bir neçta hamfikrlari Internet orqali Suriya Arab Respublikasi hududidagi terrorçilik taşkilotlari aʼzolarining taʼsiriga tuşib, yaqin aloqalari orasida ekstremistik mazmundagi, xususan “jihod”ga çorlovçi materiallarni muntazam ravişda tarqatib kelganlar. Şuningdek, guruh yetakçisi B.T.ning kelgusida Suriyaga borib, terrorçi guruhlar tarkibiga qöşilişni maqsad qilganini tasdiqlovçi maʼlumotlar olingan.
Guruh aʼzolarining yaşaş manzillarida ötkazilgan tintuv jarayonida, ularning uyali aloqa vositalarida ekstremistik mazmundagi materiallar aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.
Mavjud materiallar asosida B.T.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegişli moddalari bilan qözğatilgan jinoyat işi doirasida u hibsga olindi.
Hozirda B.T. va uning aloqalariga nisbatan tergov-suriştiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.









