Toşkent şahri va viloyatlar markazlarida avtomobillar harakati çeklanişi va maxsus ruxsatnoma bilan harakatlaniş haqida xabar berilgan edi. Maxsus ruxsatnoma Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladi.
DXM tomonidan maxsus ruxsatnoma oliş uçun qanday hujjatlar kerak bölişi maʼlum qilindi.
Hozirça ruxsatnomani oliş uçun quyidagilar kerak böladi:
— fuqarolik pasporti;
— avtomototransport texnik pasporti;
— Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq va Zangiota tumanlarida, Toşkent şahrining Olmazor, Çilonzor va Yaşnobod tumanlarida barpo etilayotgan şifoxona va xiyobonlar qurilişiga jalb etilgan yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegişli avtotransport vositalari uçun – tegişli tuman hokimligining xati;
— tadbirkorlik subʼekti davlat röyxatidan ötkazilganligi töğrisidagi guvohnoma;
— litsenziyalanadigan faoliyat turlari böyiça litsenziya;
— ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjat;
— xodimning mehnat daftarçasi yoki lavozimga tayinlanganligi töğrisida buyruq.
«Hozirda karantin eʼlon qilinganligiga qaramasdan, Davlat xizmatlari markazlariga juda köp fuqarolar kelayotganligini inobatga olgan holda, Markazlar faqat Sizlarning hujjatlaringizni qabul qiliş bilan çeklanadi. Şu sababli töğri tuşungan holda, hujjatlaringizni Davlat xizmatlari markazlari xodimlariga topşirib ketişingiz söraladi.
RUXSATNOMA faqat, «Davlat belgisi» DIÇB tomonidan belgilangan tartibda ruxsatnomalar blanklari tayyorlanganidan sönggina, belgilangan tartib böyiça beriladi. Davlat xizmatlari markazlari xodimlari Sizlarni telefon orqali xabardor qiladilar.
Bularning barçasi karantin davrida Markazlarimizda fuqarolar yiğilişining oldini oliş va tavsiya etilayotgan masofani saqlaş maqsadida talab etilmoqda», — deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, köçalarda harakatlaniş maqsadida avtotransport vositalariga maxsus ruxsatnomani uçun Davlat xizmatlari markaziga taşrif buyurişdan oldin qönğiroq qilib, maʼlumotlar operator tomonidan töldirilişi lozim. Telefon raqamlari bilan uşbu xabarda tanişib olişingiz mumkin.









