Namanganda maktab öquvçisi 36 yaşar ayolni öldirib, jasadni kanalga taşlab yubordi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Joriy yil 31 mart kuni Töraqörğon tumanidagi «Uzumzor» mahallasida yaşovçi fuqaro huquq-tartibot idoralariga murojaat qilib, 1985 yilda tuğilgan singlisi Dildora Murodova (ism-şariflar şartli) uç kun avval soat 18:30 atrofida yaşaş xonadonidan çiqib ketib, qaytib kelmagani va bedarak yöqolganini maʼlum qilgan. Uni qidirib topişda amaliy yordam söragan.
Uşbu holat yuzasidan Töraqörğon tumani prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, viloyat prokuraturasi tomonidan iş yurituvga olingan.

Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari davomida öşa kuni ayolni «Sohilobod» mahallasida yaşovçi, 2003 yilda tuğilgan, 23-umumtaʼlim maktabining 11-sinf öquvçisi Husan Jamolov (ism-şariflar şartli) Nexia avtomaşinasida olib ketgani aniqlangan.
«Maʼlum bölişiça, Husan Dildoraning iltimosiga köra, uni ‘Qodirobod’ mahallasi hududidagi ‘Oltin baliq’ oşxonasiga olib borgan. Yölda ketayotganlarida ayol uning opasi haqida nojöya gaplarni aytadi. Bundan darğazab bölgan ösmir avval qöllari bilan uning yuzi va boşiga uradi. Maşinadan tuşib qoçib ketayotganda quvib yetib olib, yerga yiqitib, avtomobilda bölgan bolğaça bilan uning boş sohasiga bir neça marotaba zarba beradi. D.Murodovaning ölganiga işonç hosil qilib, jasadni avtomaşina yukxonasiga ortadi. ‘Uzumzor’ mahallasi hududidan oqib ötuvçi Şimoliy Farğona kanaliga olib kelib, suvga taşlab yuboradi», — deydi Töraqörğon tumani IIB jinoyat-qidiruv bölimi tezkor vakili, katta leytenant Şavkat Qosimov.
Mazkur hodisadan 20 kun ötib, yaʼni, 2021 yil 17 -prel kuni Pop tumani, «Anhor» mahallasi hududidan oqib ötgan Şimoliy Farğona kanalining 5-kilometrida joylaşgan 4-bölim «Çortoq usti» suv oliş inşootidan D.Murodovaning boş sohasidagi tan jarohatlari bilan jasadi topiladi.
Hozirda uşbu jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.









