Xitoy BAAda yaşirinça harbiy obʼekt qurmoqçi bölgan

Xitoy BAAda yaşirinça harbiy obʼekt qurmoqçi bölgan

AQŞ razvedka xizmatlari Xitoy BAA poytaxti Abu-Dabi yaqinidagi port hududida yaşirinça harbiy inşoot qurayotganiga işongan. Bu haqda “The Wall Street Journal” vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib xabar bergan.  

Manbalarga köra, taxminan bir yil oldin AQŞ rasmiylari Abu-Dabi yaqinidagi Xalifa portida “şubhali Xitoy faoliyati” haqida razvedka maʼlumotlarini olişni boşlagan. 

Naşr manbalarining taʼkidlaşiça, joriy yilning bahorida sunʼiy yöldoşdan olingan maxfiy suratlar AQŞ rasmiylariga Xitoy portda harbiy obʼekt qurmoqda, degan xulosaga keliş imkonini berdi. 

Qayd etilişiça, AQŞ Prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati BAAni obʼekt harbiy maqsadda ekanligiga va uning qurilişi töxtatilişi kerakligiga işontiriş uçun faol diplomatik saʼy-harakatlarni amalga oşirgan. Maʼlumotlarga köra, inşoot qurilişi Amerika rasmiylarining BAAga bir qator uçraşuvlari va taşriflaridan söng töxtatilgan.

×